Ukrainadagi ko’mir konidan 31 ishchining jasadi chiqarildi

Tegishli vakillarning aytishicha, portlash paytida ko’mir konida bo’lgan bir ishchining jasadi qidirilmoqda.

249525
Ukrainadagi ko’mir konidan 31 ishchining jasadi chiqarildi

Ukraina sharqida joylashgan Donetsk shahridagi “Zasyadka” nomli ko’mir konida ro’y bergan kuchli portlashdan so’ng, kondan 31 ishchining jasadi chiqarildi.
Tegishli vakillarning aytishicha, portlash paytida ko’mir konida bo’lgan bir ishchining jasadi qidirilmoqda.
Kon ishchilari uchun janoza marosimlari o’tkazilmoqda.
Shuningdek, mamlakatda xususiy shirkatlar tomonidan ishlatilgan ko’mir konlarida mexnat xavfsizligini tekshirish maqsadida faoliyat ketmoqda.
Kon ishchilari hayoti xavf ostida bo’lishiga qaramasdan, takror kon tagiga tushib mexnat qila boshladi.
57 yildan beri ishlatilgan ushbu ko’mir konida hozirgacha 3 marta ulkan fojia ro’y berdi.
2007 yili sodir bo’lgan so’ngi fojiada 101 ishchi nobud bo’lgan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar