Suriya rejimi Eron va Rossiya fondlari bilan kun kechirmoqda

“Syria Report” jurnalining ohirgi sonida chop etilgan bir maqolada, hozirda Suriya hukumatining hech qanday ahamiyatga molik daromadi qolmagani, poydevorga davlat investitsiyasi deyarli yo’qligi ma’lum qilindi.

165941
Suriya rejimi Eron va Rossiya fondlari bilan kun kechirmoqda

Suriyada iqtisodiyot butunlay cho’kishiga qaramasdan, Beshar Asad rejimi Eron va Rossiya fondlari bilan o’zini oyoqqa turgizmoqda.
BMT, Xalqaro Valyuta fondi İMF va mustaqil iqtisodchilar Suriyadagi iqtisodiy vaziyatdan umid yo’qligini ma’lum qildi.
Suriyada yalpi ichki mahsulot nisbati 3 yil avvaliga nisbatan yarmiga pasaydi, neft ishlab chiqarish nisbati esa, deyarli to’xtash arafasiga keldi.
İnflatsiya 50%ni tashkil qilar ekan, mamlakatda ishsizlik nisbati ayanchli ahvolda.
“Syria Report” jurnalining ohirgi sonida chop etilgan bir maqolada, hozirda Suriya hukumatining hech qanday ahamiyatga molik daromadi qolmagani, poydevorga davlat investitsiyasi deyarli yo’qligi ma’lum qilindi.
Shuningdek, “International Policy Digest” uyushmasi tomonidan noyabr oyida e’lon qilingan hisobotda ham, Suriyalik vakillardan tashkil topgan bir hay’at joriy yilning 17 noyabr kuni 3 milliard dollar qarz talabi bilan Moskvaga safar qilgani yozildi.
Rossiyadan Suriyaga ko’rsatilgan yordamlarning katta qismi 2013 yili Eron tomonidan ta’minlangan fondlardan rus shirkatlariga tahminan 4 milliard foyda keltirgan shartnomalar bilan qurol yetkazishga tayangani qayd etildi.
Hisobotda ma’lum qilinishicha, Rossiya ayni paytda Tartusdagi dengiz floti bazasining muhofaza qilinishidan havotirda…

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar