Amerika Mudofaa vaziri Chuck Hagel Afg’onistonga tashrif buyurdi

Amerika Mudofaa vaziri Chuck Hagel poytaxt Qobulda Afg’oniston Prezidenti Muhammad Eshref Gani bilan uchrashdi.

139399
Amerika Mudofaa vaziri Chuck Hagel Afg’onistonga tashrif buyurdi

Kecha Amerika Mudofaa vaziri Chuck Hagel Afg’onistonga tashrif buyurdi.
Hagel poytaxt Qobulda Afg’oniston Prezidenti Muhammad Eshref Gani bilan uchrashdi.
Eshref Gani bilan Hagel o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda, Amerika Afg’oniston Qurolli Kuchlarini mustahkamlashtirish bo’yicha ko’rsatgan yordamlari va mamlakatdagi tinchlik jarayoni muhokama qilindi.
Uchrashuvdan so’ng o’tkazilgan matbuot anjumanida, Afg’oniston Prezidenti Muhammad Eshref Gani Amerika bilan Afg’oniston o’rtasidagi munosabatlarda 2015 yilning 1 yanvaridan boshlab yangi sahifa ochilishini bildirib, “Afg’oniston Qurolli Kuchlari 2015 yildan e’tiboran mamlakatdagi xavfsizlikdan birgina o’zi mas’ul bo’ladi va faqatgina afg’on kuchlari kuch ishlatish haqqiga ega bo’ladi”-dedi.
Amerika Mudofaa vaziri Chuck Hagel esa, 2014 yildan keyin Afg’onistonda xizmat o’tagan Amerika askarlarining soni rejalangandan 1000 nafar ortiqcha bo’lishini ma’lum qildi.
Bunga ko’ra, Afg’onistonda xizmat o’taydigan Amerika askarining soni 9 ming 800 emas, balki 10 ming 800 ni tashkil qiladi.
Mazkur Amerika askarlari terrorizmga qarshi kurashda afg’on kuchlarining malakasini oshirishga ko’mak beradi va maslahatchilik qiladi.
2015 yil yakunida bu askarlarning soni yarmiga kamaytiriladi va 2016 yil yakunida Afg’onistondagi Amerika diplomatik markazlarining xavfsizligini saqlash uchun faqatgina 1000 askar xizmat o’taydi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar