Arab Birligi Tashqi ishlar vazirlari favqulodda to’plandi

Yig’ilishda Falastinning davlat sifatida tashkil topishini nazarda tutgan loyihaning BMT xavfsizlik kengashiga havola qilinishi to’g’risida qaror qabul qilindi.

209831
Arab Birligi Tashqi ishlar vazirlari favqulodda to’plandi

Kecha Misrning poytaxti Qohirada Arab Birligi Tashqi ishlar vazirlari favqulodda to’plandi.
Mazkur yig’ilishga Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbas ham ishtirok etdi.
Yig’ilishda Falastinning davlat sifatida tashkil topishini nazarda tutgan loyihaning BMT xavfsizlik kengashiga havola qilinishi to’g’risida qaror qabul qilindi.
Arab Birligi BMTdan İsroilning ishg’olchi siyosatiga chek qo’yishini talab qilmoqda.
Falastin hukumati oktyabr oyida Arab Birligiga 2016 yilning noyabr oyigacha İsroil ishg’oliga yakun yasab, Falastin Davlatining tashkil topishini yo’lga qo’yish to’g’risida taklif kiritgan edi.
Lekin, bu taklif 15 a’zo davlatga ega bo’lgan BMT xavfsizlik kengashiga rasmiy ravishda yetkazilmagan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar