Fransiyada terrorga qarshi kurash...

Fransiya Senati, Suriya va İroq bilan aloqali qonun loyihasini tasdiqladi.

181942
Fransiyada terrorga qarshi kurash...

Fransiyada terrorga qarshi kurash...

Fransiya Senati, Suriya va İroq kabi o'lkalarda jangga qo'shilish uchun borgan fuqarolarining chet elga chiqishini oldini olgan terrorga qarshi qonun loyihasi oxirgi shakli bilan tasdiqlandi.

Majlis Umumiy Kengashida o'tgan hafta qonun loyihasi tasdiqlangandan keyin senatda kuni kecha bo'lib o'tgan ovoz berishda, 28 "rad" ovoziga qarshi, 317 "qabul" ovozi bilan qonun kuchga kirdi.

Ommaviy jamoatchilik va huquq muhitida "Asosiy haqlarni paymol qilgani" uchun tortishuvlarga sabab bo'lgan qonun doirasida İroq va Suriya kabi ichki urush davom etgan joylarda jangga qo'shilish uchun borishni istaganlarning o'kadan chiqishi 6 oy vaqtincha man qilinmoqda. Kerak bo'lsa bu jarayonni uzatish bahs mavzusi bo'lishi mumkin.

Qonunga ko'ra o'lkadan tashqari chiqishi man qilingan kishilarning boshqa Yevropa o'lkalaridan ham chiqmasligi uchun o'lkalardagi Schengen ma'lumot markazi ogohlantiriladi va havo yo'li shirkatlariga ham xabar beriladi.

Tasdiqlangan qonun loyihasi shuningdek terror huruhlarining internet ustidan olib borilgan propagandani oldini olish mo'ljallanmoqda.

Qonun bilan terror propagandasi olib borgan bu internet saytlariga kirishni to'siqlash nazarda tutilmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar