Vashington Post:"Turkiya bilan Amerika aloqalariga darz ketdi"

AQSh kotibligi Vashington Post gazetasining “Turkiya bilan Amerika aloqalariga darz ketdi” shaklidagi iddaolari haqida fikr bildirdi.

175991
Vashington Post:"Turkiya bilan Amerika aloqalariga darz ketdi"

AQSh kotibligi Vashington Post gazetasining “Turkiya bilan Amerika aloqalariga darz ketdi” shaklidagi iddaolari haqida fikr bildirdi.
Turkiya NATOning kuchli hamkori bo’lish bilan birga, İSHİDni bartaraf etish say-harakatlari bo’yicha ham hamkor ekanini tilga olgan AQSh kotibligi voizi Jen Psaki Turkiya bilan hamkorlikni davom ettirishini tilga oldi.
Kundalik matbuot anjumanida voiz Psaki Vashington Post gazetasining Turkiya bilan Amerika o’rtasida jiddiy kelishmovchilik borligi haqidagi xabarlarga javob berdi.
Psaki mahalliy jangchilarning İSHİDga qarshi kurash uchun Kobani hududiga o’tishi bilan bog’liq o’zgarishlarga e’tibor qaratib, bunga doir amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan Turkiya bilan yaqin aloqa o’rnatilganini tilga oldi.
AQSh kotiblik voizi Psakining aytishicha, ushbu xabar AQSh kotibligining tushunchalari emas.
Xabarda Suriyadagi notinchlik borasida ikki davlat o’rtasidagi fikr o’zgachaligi hamkorlikning doimiyligiga zarar bergani ilgari surilgan edi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar