Turkiya-Portugaliya kelishuv tuzdi...

Transport, Dengizchilik va Xabarlashuv Vaziri Lutfi Elvan, kecha Anqarada Portugaliya Bosh Vazir O'rinbosari Paula Portes bilan uchrashdi.

169590
Turkiya-Portugaliya kelishuv tuzdi...

Transport, Dengizchilik va Xabarlashuv Vaziri Lutfi Elvan, kecha Anqarada Portugaliya Bosh Vazir O'rinbosari Paula Portes bilan uchrashdi.

Uchrashuv paytida, Turkiya bilan Portugaliya dengizchilik sohasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Turkiyaning Yevropa İttifoqi a'zosi o'lkalar bilan 3. dengizchilik shartnomasi imzolanganini ifoda etgan Elvan, boshqa sohalarda ham Portugaliya bilan hamkorlikni rivojlantirishni istaganliklarini bildirdi.

Turkiya bilan Yevropa İttifoqi o'rtasida tijoriy aloqalarning yuk toshish sohasida asosan quruqlik yo'lidan foydalanilishini bildirib, "Yevropa İttifoqi o'lkalari Ro-Ro transport vositasida yuk toshishni ham rivojlantirish"ga diqqat qaratdi.

Portugaliya Bosh Vazir O'rinbosari ham, shartnomaning, ikki o'lka o'rtasida yangi vujudga kelgan Turkiya-Portugayli mushtarak İqtisodiyot Komissiyaning yangi bir boshlang'ich bo'lganini izohladi. Turkiyaning Yevropa İttifoqi a'zoligini qat'iylik bilan davom ettirishini ifoda etgan Portas, Lissabondagi Cruise bandargohini xususiylashtirishlarini, tendirga Turk shirkatlarini ham ko'rishdan manun bo'lishlarini bildirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar