Xitoy bilan Eron harbiy hamkorlikni kengaytirmoqchi...

Eron jangovar kemalari Bender Abbas portiga kelib to’xtagan Xitoyning 2 jangovar kemasi bilan mushtarak harbiy tadbiqot o’tkazdi.

168289
Xitoy bilan Eron harbiy hamkorlikni kengaytirmoqchi...


Xitoy Mudofaa vaziri Chang Vanchuen kuni kecha Eron Dengiz kuchlari komondoni Habibullah Seyyari bilan uchrashdi.
Shinhua xabar agentligining bergan xabariga ko’ra, Xitoy Mudofaa vaziri Chang oxirgi yillarda o’zaro ziyoratlar doirasida ikki davlatning Qurolli kuchlari o’rtasida xodimlarning malakasini oshirish va boshqa sohalarda yaxshi hamkorlik faoliyatlari yo’lga qo’yilganini ifoda etdi.
İkki davlatning Dengiz floti o’rtasida amalga oshirilgan o’zaro ziyoratlar muvaffaqiyatli o’tganini aytib o’tgan Chang, mazkur ziyoratlar ikki davlatning Dengiz floti uchun juda unumli bo’lganini tilga oldi.
Chang Xitoyning Eron bilan harbiy aloqalarni yanada mustahkamlashtirish va bu davlat bilan hamkorlikda ish olib borish istagini ma’lum qildi.
Seyyari ham Xitoy Dengiz floti haqida yaxshi ifodalarni tilga olib, Eron Xitoy bilan bo’lgan aloqalariga katta e’tibor qaratganini va ikki davlat Qurolli kuchlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni yanada kuchaytirishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Eron jangovar kemalari o’tgan oyda Bender Abbas portiga kelib to’xtagan Xitoyning 2 jangovar kemasi bilan mushtarak harbiy tadbiqot o’tkazdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar