Afg’oniston va Amerika o’rtasida xavfsizlik shartnomasi imzolandi

Tolibonning aytishicha, mazkur shartnoma Amerikaning Afg’onistondagi hufyona rejalaridan biri hisoblanadi.

145134
Afg’oniston va Amerika o’rtasida xavfsizlik shartnomasi imzolandi

Afg’oniston bilan Amerika o’rtasida xavfsizlik shartnomasi imzolandi.
Afg’onistonning yangi Prezidenti Eshref Gani saylov tashviqotlari paytida bergan va’dasini bajardi.
Mazkur shartnoma Afg’oniston Prezidentlik saroyida Afg’oniston Prezidenti Eshref Ganining milliy xavfsizlik maslahatchisi bilan Qobuldagi Amerika elchisi o’rtasida imzolandi.

Shartnomaga ko’ra, koalitsiya kuchlari yil yakunigacha Afg’onistondagi askarlarini ortga chaqiradi, lekin 12 ming askar xizmatni davom ettiradi.
Bu askarlardan 9800 nafarini Amerika askarlari tashkil qiladi.
Afg’onistonda xizmat qilgan Amerika askarlari jangovar kuch vazifasini o’tamaydi.
Tolibonning aytishicha, mazkur shartnoma Amerikaning Afg’onistondagi hufyona rejalaridan biri hisoblanadi.
Buni fosh etganini ilgari surgan Tolibon, “Amerikaliklar o’zlarini navbatdagi tahlikali urushga tayyorlamoqda”-deya izoh bildirdi.
Afg’onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay tinch aholining qirilib ketayotganini sabab qilib ko’rsatib, Amerika bilan xavfsizlik shartnomasi imzolashga rozi bo’lmagan edi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar