Amerika İSHİD va Al Qoidaning makonlarini portlatmoqda

Pentagon ma’lum qilishicha, Huroson guruhi Amerika yoki Yevropada katta terror hujumiga tayyorgarlik ko’rsayotgani va yakuniy bosqichga kelingani aniqlangan.

136502
Amerika İSHİD va Al Qoidaning makonlarini portlatmoqda

Amerika Qo’shma Shtatlari Suriyada İSHİD va Al Qoidaga aloqador Huroson guruhi makonlarini portlatmoqda.
Pentagon ma’lum qilishicha, Huroson guruhi Amerika yoki Yevropada katta terror hujumiga tayyorgarlik ko’rsayotgani va yakuniy bosqichga kelingani aniqlangan.
Pentagon tomonidan qilingan izohga ko’ra, Amerika jangovar samolyotlari Huroson guruhining Halap yaqinlaridagi makonlariga 8 marta havodan hujum qildi.
Rakka va İroq chegarasiga yaqin hududlarda İSHİDga tegishli qarorgohlar portlatildi.
Hujumlarda Huroson guruhidan 50, İSHİD terror tashkilotidan esa, 70 jangarining o’ldirilgani ilgari surildi.
Suriyalik muholiflar ma’lum qilishicha, hujumlardan tinch aholi ham zarar ko’rmoqda.
Bu hujumlar oqibatida 3 nafari yosh bola bo’lib, jami 8 kishi hayotdan ko’z yumgan.
Amerika elchisi hujumdan oldin Suriyaning BMTdagi vakiliga ma’lumot bergan.
Shu sababli Suriya Davlat rahbari Beshar Asad ham terrorizmga qarshi tuzilgan xalqaro koalitsiyani qo’llab quvvatlashini bildirdi.
Amerika Prezidenti Barack Obama İSHİDga qarshi kurash uzoq vaqt olishini, bunga qaramasdan oxiri İSHİDni yo’q qilishini aytib o’tdi.
İSHİD makonlarini portlatishga o’z hissalarini qo’shgan Arab davlatlariga minnatdorchilik bildirgan Obama, hujumlarga Arab davlatlarining ham qo’shilishi Amerikaning bu kurashda yolg’iz emasligini namoyon qilganini ifoda etdi.
Amerika nafaqat Suriyadagi balki, İroqdagi İSHİD makonlarini ham portlatmoqda.
İroq Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakat g’arbidagi Suriya chegarasi yaqinlarida sodir qilingan hujumlarda 10 dan ziyod İSHİD jangarisi o’ldirilgan.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar