Poroshenko:"Harbiy zahiraning 65%ini ishlatib bo'ldik"

“Ukraina askarini qanchalik ko’p to’plasak, shunchalik ko’p rus askari keladi” deya ta’kidlagan Poroshenko masalani faqatgina harbiy yo’llar bilan hal qilib bo’lmasligini takrorladi.

134313
Poroshenko:"Harbiy zahiraning 65%ini ishlatib bo'ldik"

Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko rus bo’lginchilar bilan bo’lgan 5 oylik to’qnashuvlarda harbiy zahiraning 65%ini ishlatib bo’lganini ma’lum qildi.
Ukraina masalasi faqatgina harbiy yo’llar bilan hal qilinadigan masala emasligini bildirgan Poroshenko, rus bo’lginchilar bilan kelisha olmasa, Ukraina o’zini himoya qilishga tayyor turishi kerakligini bildirdi.
Poroshenko Ukraina televideniyasida efirga uzatilgan reportajda, tinchlik ta’minlanmaslik ehtimoliga qarshi qo’shinning kuchlantirilishi kerakligini bildirdi.
O’tgan hafta Amerika va Kanadaga amalga oshirgan safari chog’ida bu davlatlar harbiy texnika bilan ta’minlashga va’da berganini tilga olgan Poroshenko mavjud qurollarning katta qismini rus bo’lginchilarga qarshi to’qnashuvlarda tugatganini qabul qildi.
“Ukraina askarini qanchalik ko’p to’plasak, shunchalik ko’p rus askari keladi” deya ta’kidlagan Poroshenko masalani faqatgina harbiy yo’llar bilan hal qilib bo’lmasligini takrorladi.
Poroshenko tinchlik o’rnatish mavzuida Bosh vazir Arseniy Yatsenyuk bilan o’rtasida fikr farqi borligi haqidagi xabarlarni esa qoraladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar