Amerika İSHİDga qarshi kurash siyosatini izohlamoqchi...

Obamaning aytishicha, bu kurash mobaynida Turkiya, Saudiya Arabiston, Birlashgan Arab Amirliklari va İordaniya kabi davlatlarning yordamiga ehtiyoj bor.

117586
Amerika İSHİDga qarshi kurash siyosatini izohlamoqchi...

İroq Damashq İslom Davlati terror tashkilotiga qarshi kurashni kuchaytirgan Amerika bunga doir siyosatini izohlashga tayyorlanmoqda.
Amerikaning NBC televideniyesiga bayonot bergan Amerika Prezidenti Barack Obama İSHİD terror tashkilotiga qarshi kurash siyosatini chorshanba kuni e’lon qilishini bildirdi.
Kurash mobaynida mintaqaga Amerika harbiylari jo’natilmasligini tilga olgan Obama, bu boradagi fikrlarni esa katta hato deb baholadi.
İSHİDga qarshi kurash siyosati nafaqat harbiy jihatdan balki, iqtisodiy va siyosiy jihatdan ba’zi xususlarni o’z ichiga olganini anglatgan Obama, kelgusi oylarda İSHİD terror tashkiloti tubdan bartaraf etilishini bildirdi.
Obama bu masala bo’yicha kongresdan ruxsat olishiga ishonchi komil ekanligini tilga oldi.
Obamaning aytishicha, bu kurash mobaynida Turkiya, Saudiya Arabiston, Birlashgan Arab Amirliklari va İordaniya kabi davlatlarning yordamiga ehtiyoj bor.
Bundan tashqari, İSHİD terroristlari tomonidan Amerikalik jurnalist James Foleyning boshi tanasidan judo qilinganidan so’ng matbuotga izoh bildirgan Obamaning izohdan so’ng golf o’ynagani mamlakatda norozichilikka sabab bo’lgan edi.
Obama bayonotida bunday voqea yuz bergan bir paytda golf o’ynagani katta hato ekanini tan oldi.

 

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar