G'arb davlatlar Rossiyaga sanksiya berish tarafdori...

NATO Ukrainada kamida 1000 rus askari borligini ilgari surdi.

107327
G'arb davlatlar Rossiyaga sanksiya berish tarafdori...

NATO “Ukrainada kamida ming rus askari bor” deya izoh bildirishi bilan g’arb davlatlar chora izlashga tushdi.
Germaniya Bosh vaziri Angela Merkel Rossiyaga qarshi takror sanksiya berilishi mumkinligini tilga oldi.
AQSh kotibi Jen Psaki ham Rossiyaga sanksiya berilishini ma’qul ko’rdi.
Fransiya Prezidenti Hollande esa, Rossiya Qurolli Kuchlarining Ukrainadagi faoliyatini salbiy baholadi.
BMT Bosh kotibi Ban Ki Moon ham, Ukrainaning sharqida va Azak dengizi chegarasidagi to’qnashuvlarning janubga tarqalib tahlikali tusga kirishi haqida ogohlantirdi.
İtaliya Bosh vaziri Matteo Renzi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga qo’ng’iroq qildi.
Bo’lib o’tgan suhbat chog’ida Ukrainada qon to’kilishini to’xtatish kerakligiga e’tibor qaratildi.
Angliya Bosh vaziri Cameron Ukrainaning sharqidagi o’zgarishlarga to’xtalib, Rossiyani masalaga yechim topishga chaqirdi.
Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko Milliy xavfsizlik kengashi yig’ilishida so’zga chiqib, xalqini sukunatga chaqirdi va davlat butunligini mustahkamlashtirishni maslahat berdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar