Erondan kelishuv sharti...

Eron Tashqi İshlar Vaziri Muhammed Jevad Zarif, Sentabr oyi G'arb o'lkalari bilan atom muzokaralarda kelishuv tuzish uchun saksiyalarni bekor qilishini istadi.

96034
Erondan kelishuv sharti...

Erondan kelishuv sharti...

Eron Tashqi İshlar Vaziri Muhammed Jevad Zarif, Sentabr oyi G'arb o'lkalari bilan atom muzokaralarda kelishuv tuzish uchun saksiyalarni bekor qilishini istadi.

Tashqi İshlar Vaziri Zarif, G'arb davlatlarining Sanksiyalarni bekor qilish salohiyati bo'lmaganini, lekin bu o'lkalarning BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat etib saksiyalarni bekor qilish borasida bergan va'dalariga vafo qilishi kerakligini mudofaa etdi.

Zarif, Sentabr oyining boshlarida Yevropa İttifoqi Tashqi İshlar Oliy Vakili Catherin Ashton bilan o'tkazgan uchrashvning ham hanuz aniq natijasi bo'lmaganini ifoda etdi.

O'tgan yil, Eron BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a'zosi va Germaniyaning vakiligida amalga oshirilgan va xalqaro sanksiyalarni kamaytirish evaziga Tehronning ham atom dasturini kamaytirishni nazarda tutgan uchrashuvlar, 2013 yili 24 Noyabr oyi Jenevada o'tginchi kelishuv bilan yechilgan edi.

Keng ko'lamli kelishuvning 2014 yili 20 İyul kunigacha o'tkazilishi nazarda tutilgan, lekin keyinchalik ko'p marotiba uchrashgan tomonlar, bu kelishuvning 2014 yili 24 Noyabr kunigacha uzatishga qaror bergan edi.

Eron va G'arb davlatlari o'rtasidagi uchrashuvlarning, Sentabr oyi bo'ladigan BMT Umumiy Kengashidan oldin va chog'ida davom etishi kutilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar