İroq qo'shini jangarilar qo'lidagi qamoqxonaga hujum qildi

Bu qamoqxona İroq-Damashq İslom Davlati terror tashkiloti boshchiligidagi qurolli jangarilar tomonidan markaz sifatida qo’llanilmoqda.

81753
İroq qo'shini jangarilar qo'lidagi qamoqxonaga hujum qildi

İroq qo’shiniga tegishli jangovar samolyotlar Musulda qurolli jangarilar qo’liga o’tgan Ahdas qamoqxonasiga havodan hujum qildi.
Hujum oqibatida 30 kishining nobud bo’lgani ma’lum qilindi.
“El-Jumhuri” Davlat kasalxonasidan olingan ma’lumotga ko’ra, jangovar samolyotlar Musulning Esh-Shifa mahallasida joylashgan qamoqxonaga havodan hujum qildi.
Bu qamoqxona İroq-Damashq İslom Davlati terror tashkiloti boshchiligidagi qurolli jangarilar tomonidan markaz sifatida qo’llanilmoqda.
Ushbu qamoqxonada tinch aholidan ko’plab asirlarning borligi aytilmoqda.
Hujumda hayotdan ko’z yumgan 30 kishining jasadi kasalxona morgiga olib kelingani ma’lum qilindi.
Hujumda o’nlab kishi yaralandi. İroq hukumati mavzuga doir aniq ma’lumot bermadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar