Amerika İroqqa qo’shimcha 200 askar jo’natdi

Xozirda İroqda Amerika kuchlaridan jami 750 askar xizmat o’tamoqda.

113603
Amerika İroqqa qo’shimcha 200 askar jo’natdi

Amerika Qo’shma Shtatlari Bog’doddagi Amerika elchixonasining xavfsizligini ta’minlash va mamlakatdagi Amerika fuqarolarini qo’riqlash uchun İroqqa qo’shimcha 200 askar jo’natdi.
Xozirda İroqda Amerika kuchlaridan jami 750 askar xizmat o’tamoqda.
Amerika Prezidenti Barack Obama ushbu masala xaqida Vakillar majlisi raisi John Boehner bilan Senatoga maktub yozdi.
Obama maktubda kongres a’zolarini Amerika qurolli kuchlaridan jo’natiladigan qo’shimcha askarlar Bog’doddagi Amerika elchixonasining xavfsizligini ta’minlash, Amerika fuqarolarini qo’riqlash va Bog’doddagi xalqaro aeroportning xavfsizligini ta’minlash maqsadida jo’natilganligini ma’lum qildi.
Obama maktubda aylanar qanotli samolyot, xavfsizlik xizmati, kuzatish va qidiruv bo’limidan maxsus mutahassislardan tashkil topgan guruh zarur holatlarda jangga kirish uchun texnik jihozlanganligini qayd etdi.
Maktubga ko’ra, Amerika askarlari xavfsizlik masalasi hal bo’lgunicha İroqda xizmat o’taydi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar