Amerika İroqqa harbiy mutahassis jo'natdi

Pentagon kotibi John Kirby 40 kishilik 2 maxsus jangovar guruhning hududga joylashtirilganini bildirdi.

106756
Amerika İroqqa harbiy mutahassis jo'natdi

İroqqa jo’natiladigan Amerikalik mutahassislarning bir qismi hududga yetib bordi.
Amerika Mudofaa vazirligi 130 nafar harbiy mutahassisning xizmat yuzasidan İroqqa jo’natilganini ma’lum qildi.
Pentagon kotibi John Kirby 40 kishidan tashkil topgan 2 maxsus jangovar guruhning hududga joylashtirilganini bildirdi.
Kirby yana Amerikalik 90 mutahassisning İroqqa jo’natilganini va bu bilan birga jami 130 harbiy xodim xizmatni qabul qilib olganligini tilga oldi.
Kelgusi kunlarda yana 50 kishilik guruhning Bog’dodga jo’natilishini ma’lum qildi.
İroqqa safarbar qilingan harbiy guruh tarkibida jangovar desantlar, mahfiy xavfsizlik xizmati mutahassislari va informatika sohasi bo’yicha qator mutahassislar o’rin olgan.
İroqda İroq Damashq islom davlati terror tashkilotiga qarshi faoliyatlar kuchayganligini bildirgan Pentagon kotibi, kunda 30-35 marta havo yo’li orqali ma’lumot to’planganligini bildirdi.
Amerika Prezidenti Barack Obama İroq xavfsizlik kuchlarini qo’llab quvvatlash maqsadida yana 300 harbiy mutahassisning İroqqa jo’natilishini e’lon qilgan edi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar