Ukrainada Prezidentlik saylovining g'olibi Petr Poroshenko

Poroshenko dastlabki saylov natijalariga ko’ra, birinchi bosqichda 55.9% ovoz oldi

73619
Ukrainada Prezidentlik saylovining g'olibi Petr Poroshenko

Kecha Ukrainada bo’lib o’tgan Prezidentlik saylovlarida nomzod Petr Poroshenko g’alaba qozondi.


Poroshenko dastlabki saylov natijalariga ko’ra, birinchi bosqichda 55.9% ovoz olib g’alaba qozonganligi kuzatilmoqda.
Raqib nomzodlardan Yuliya Timoshenko saylovda 12.9% ovoz olib 2-o’rinni egalladi.


Poroshenko norasmiy natijalar e’lon qilinishi bilan so’zga chiqib, “Birinchi vazifam mamlakatdagi notinchlikni bartaraf etib, tinchlik o’rnatishdir. Avvalo Donetskga safar qilaman”-dedi.
Ukrainaning yakka va bo’linmas davlat bo’lib qolishini tilga olgan Poroshenko “Federal sistema bo’lmaydi”-dedi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar