O'zbekistondan xabarlar 36-qism

O`zbekiston ilk marotaba Butunjahon ko`chmanchi xalqlar o`yinlarida ishtirok etmoqd

1042166
O'zbekistondan xabarlar 36-qism

O`zbekiston ilk marotaba Butunjahon ko`chmanchi xalqlar o`yinlarida ishtirok etmoqda.

Qirg`iziston Respublikasi Cho`lpon - Ota shahrida bo`lib o`tadigan Butunjahon ko`chmanchi xalqlar o`yinlarida O`zbekiston ilk marotaba qatnashmoqda.

Joriy yilning 1 - 9 sentyabr kunlari Qirg`iziston Respublikasi Cho'lpon - Ota shahrida Butunjahon ko`chmanchi xalqlar o`yinlari bo`lib o`tmoqda.

Bugun «Toshkent» xalqaro aeroportidan jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev rahbarligidagi O`zbekiston sport delegatsiyasi Qirg`izistonga jo`nab ketdi.

Bu haqda jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

2018 yil 1−9 sentyabr kunlari Qirg`iziston Respublikasi

Cho`lpon-Ota shahrida bo'lib o'tayotgan Butunjahon ko`chmanchi xalqlar o`yinlarida   O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev rahbarligidagi O`zbekiston sport delegatsiyasi xam ishtirok etmoqda.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimi 2 sentyabr kuni bo`lib o`tdi. Musobaqaning yopilish marosimi esa 8 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

O`yinlarda 50 ta sport turi bo`yicha 500 dan ortiq komplekt medallar jamlanmasi o`ynaladi. O`zbekiston sport delegatsiyasi 13 sport turi bo`yicha 58 nafar sportchi ishtirok etmoqda.

        

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Mustaqillik bayrami munosabati bilan ozodlikdan mahrum etish jazosini o`tayotgan 261 fuqaroni afv qildi.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 avgust kuni ozodlikdan mahrum etish jazosini o`tayotgan, qilmishiga chin ko`ngildan pushaymon bo`lgan va tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan bir guruh shaxslarni afv etish to`g`risidagi farmonni imzoladi.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan qabul qilingan farmonga muvofiq, 215 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinib, oilasi va yaqinlari bag`riga qaytariladi, shuningdek, 46 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.

Farmonga muvofiq, afv etilganlarning 5 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 135 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Farmonga ko`ra, afv etilgan shaxslarning ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug`ullanishi, sog`lom turmush tarzini yo`lga qo`yib, jamiyatda munosib o`rin topishi uchun ularga ko`mak berish yuzasidan mas`ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.

Amerika Qo'shma Shtatlari Federal qidiruv byurosi delegatsiyasi O`zbekiston Ichki ishlar vazirligida uchrashuvlar o'tkazdi.

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general - mayor Po`lat Bobojonov Amerika Qo'shma Shtatlari Federal qidiruv byurosi direktori o`rinbosari Devid Boudich boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Bu haqda O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O`zaro suhbat chog`ida xalqaro terrorizm, ekstremizm, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi, odam savdosi, noqonuniy migratsiya va boshqa jinoyat turlariga qarshi kurashishda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Amerika Qo'shma Shtatlari Federal qidiruv byurosi o`rtasida o`zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Muloqot jarayonida ikki idora o`rtasidagi istiqbolli hamkorlikni yanada yuqori darajaga ko`tarish, ushbu yo`nalishda barcha imkoniyatlarni ishga solish lozimligi ta`kidlandi. Uchrashuvda shuningdek, o`zaro axborot almashish, xodimlarni o`qitish, seminar va treninglar o`tkazishga oid qator masalalar muhokama qilinib, kelgusidagi hamkorlikka doir vazifalar belgilab olindi     

O`zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari maslahatlashuvlari bo`lib o`tdi.

O'tgan xaftada Toshkent shahrida O`zbekiston - Rossiya munosabatlarining shartnomaviy -  huquqiy asosini mukammallashtirish va inventarizatsiya qilish bo`yicha tashqi ishlar vazirliklari o`rtasidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo`lib o`tdi.

O'zbekiston Tashqi İshlar Vazirligi matbuot xizmati xabariga ko`ra, Rossiya tashqi siyosat idorasining delegatsiyasiga Tashqi İshlar Vazirligining Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari bilan hamkorlik bo`yicha uchinchi departamenti direktori o`rinbosari Yevgeniy Teryoxin boshchilik qildi.

Ekspertlar tomonidan o`zaro imzolangan hujjatlar inventarizatsiya qilindi, davlatlararo ahamiyatga molik 300 dan ortiq aktlarni qamrab oluvchi shartnomaviy - huquqiy asosning umumiy holati ko`rib chiqildi, shuningdek, ikki tomonlama hujjatlar loyihalari yuzasidan fikr almashildi xamda hamkorlikning yuridik asosini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Maslahatlashuvlar davomida alohida e`tibor savdo - iqtisodiy, investitsion, innovatsiya, atom energetikasi va fazoviy sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan shartnomaviy - huquqiy asosni shakllantirishga qaratildi.

         

 


Tanlangan kalimalar: #Qirg'iziston , #Co'lpon- Ota

Aloqador xabarlar