Xorijiy Matbuot sharhlari 22.03.2019

Bugungi xorij matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha sarlavhalar to'plami.

1168823
Xorijiy Matbuot sharhlari 22.03.2019

Londonda arab tilida chop etilgan “Alsharq Alawsat” nashri: Yangi Zelandiyaning Christchurch shahridagi hujumidan bir hafta o’tib yurtda azon ovozlari eshitila boshladi.

Londonda arab tilida chop etilgan “Alsharq Alawsat” nashri: Trump, Isroilning Go’lan tepaliklarida, mustaqillgini tan olish niyatini e’lon qildi.

Londonda arab tilida chop etilgan “Al-Quds al-Arabi” gazetasi: Iroqdagi Dijla daryosida parom cho’kishi oqibatida qariyb 100 kishi jon berdi.

Germaniyaning “Süddeutsche Zeitung” gazetasi: Jiddiy Brexit Germaniya uchun milliardlik ziyon degan ma’noni anglatadi.

Germaniyaning “NTV” telekanali: Integratsiya tilga borib taqalmoqda. Nemis tili sinovi Germaniyaga ko’chib kelganlar uchun tosiqlik qilmoqda.

Germaniyaning “Wirtschaftswoche” gazetasi: Venesuela ikkinchi Suriyaga aylanishi mumkin.

Ispaniyaning “El País” gazetasi: Ispaniya Bosh vaziri Sánchez “Brexit” masalasiga to’xtalar ekan u bu haqida: “Bir shartnoma tuzilishini xohlaymiz lekin bu gal bizga bog’liq emas” dedi.

Venesuelaning “TeleSUR” telekanali: Venesuela Davlat rahbari Nicolás Maduro, fosh etilgan terror guruhining harbiy qarorgohlarga, kasalxonalarga, jamoat joylari va Karakas metrosiga qarshi hujum uyushtirishni rejalashtirganliklarini qayd etdi.

Ispaniyaning “La Vanguardia” gazetasi: Maduro, Guaidóning yordamchisini nazorat ostiga oldi va muxolafatga qarshi bosimni orttirdi.

Fransiyaning “Le Monde” gazetasi: Trump, Netanyahuga, Go’lan tepaliklarini “mustaqil” deb tan olish orqali sovqa taqdim etmoqchi.

Fransiyaning “France 24” telekanali: Bryussel, Londonga, Brexitning keyingiga qoldirilishi uchun ikkita shart qo’ydi.

Fransiyaning “Le Figaro” nashri:AQSh: Meksika chegarasida muhojirlar ko’z yoshartuvchi gaz orqali haydaldi.

Rossiyaning “lenta.tu” veb-sayti: Vengriya Rossiya bilan 2020-yildan e’tiboran Ukraina tranzitini chetlagan holda gaz olish masalasida kelishib oldi.

Rossiyaning “TASS” axborot agentligi: Rossiyaning Afina elchixonasi oldidagi politsiya kulbasiga kim ekanligi noma’lum kishilar tomonidan bomba otildi.

Rossiyaning “Izvestiya” gazetasi: Hollywood yulduzi John Travolta RIA Novosti axborot agentligiga bergan intervyusida rus madaniyatiga bo’lgan katta qiziqishini e’lon qildi. ,



Aloqador xabarlar