Xorijiy Matbuot sharhlari 21.02.2019

Bugungi xorij matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1150021
Xorijiy Matbuot sharhlari 21.02.2019

Ispaniyaning “El País” gazetasi: Eron: raketa dasturiga kirish tashabbusi muvaffaqiyatsizlik bilan natijalandi.

Quvaytning “El Vatan” gazetasi: Saudiya Arabistoni bilan Hindiston o’rtasida, 100 milliardlik 5 ta shartnomaga qo’l qo’yildi.

Livanning “Al-Hayot” nashri: Tinch aholini tashigan 15 ta avtobus, Suriyaning sharqidagi DEASh terror tashkilotiga oid oxirgi hududni tark etmoqda.

Germaniyaning “Spiegel Online” nashri: 2019-yilning sayohat trendlari: Turkiya eng yuqori o’rinda, Malorkaga bo’lgan qiziqish esa kamaymoqda.

Brexit, Germaniyaning bankrotga uchrashi, kon'yunkturaning zaiflashi-sayohat tarmog’i bezovta. Nemislar yozgi dam olish kunlari masalasida ikkilanmoqda.

Germaniyaning “Bild” gazetasi: Germaniyaning eng yirik muvaffaqiyati: qon tahlili orqali ko’krak bezi saratoni aniqlandi.

Germaniyaning “Frankfurter Allgemeine” gazetesi: Joan Baez Frankfurtta konsert bermoqda. Norozichilik qo’shiqlari uchun kech emas. Hatto hech qachon kech emas.

Ispaniyaning “El País” gazetasi: Marokash bilan bo’lgan yangi kelishuv asosiga ko’ra Ispaniyaning Sohil xavfsizlik xodimlari O’rta yer dengizida qutqarilgan muhojirlarning bir qismini, Marokash portlariga tashlab qo’yish huquqiga ega.

Chilining “La Tercera” gazetasi: Aysen viloyatidagi yirik o’rmon yong’ini, oxirgi 21 yilning tahribot jihatidan rekord o’rnatish saviyasini oshish arafasida.  

Venesuelaning “El Universal” gazetasi: Milliy majlis raisi Diosdado Cabello, mamlakatni har qanday tashqi aralashuvlarga qarshi himoya qilish uchun harbiy va harbiy bo’lmaganlar o’rtasidagi hamkorlikning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Shveytsariyaning “Le Temps” gazetasi: Crans-Montanadagi ko'chki falokatidan ortda qolganlar… Bir kishi jon berdi, bir necha savollar tug’ildi.

Fransiyaning “Le Figaro” gazetasi: Antisemitizm: Frantsiya yahudiy tashkilotlari kengashi oldida Makron muammoni hal qilish bo’yicha va’da berdi.

Fransiyaning “Le Monde” gazetasi: Vatikan, bolalarga nisbatan yo’l qo’yilgan noto’g’ri xatti-harakatlarni bundan buyon jimjirt o’tirib, qarab turolmaydi.

Rossiyaning “Kommersant” gazetasi: Putin: “Internet chet elliklarning ijodi, uzilish ehtimoli bor. Shunday ekan biz buning mahalliy versiyasini o’ylab topishimiz darkor”.

Rossiyaning “Izvestiya” gazetasi Erdo'g’an, 8-aprel kuni Moskvaga keladi. Putin bilan birgalikda Rossiya-Turkiya Turizm va madaniyat yilining ochilish marosimida ishtirok etadi.   

Kremlning ingiliz tilidagi telekanali “Russia Today”: Aeroportlarda noqulay havo sharoitlari yuzasidan 34 ta safar bekor qilindi yoki keyingiga qoldirildi.  



Aloqador xabarlar