Xorijiy matbuot sharhlari 20.02.2019

Xorijiy matbuotdan lavhalar...

1149008
Xorijiy matbuot sharhlari 20.02.2019

 

 

Alsharq Alawsat (Saudiya Arabistoni): BMT xavfsizlik kengashi Iroqda bedarak yo’qolgan quvaytliklarning taqdirini aniqlash kerakligini ma’lum qildi.

Al-Emarat Al-Yaum (BAA): Ayol muhandislar harbiy sohadagi muvaffaqiyatlarini isbotladilar.

Al-Riyad (Saudiya Arabistoni) : AQSh prezidenti Donald Tramp kosmik kuchlar qo’mondonligini tashkil qilmoqda.

DW: Meksikalik jurnalist Anabel Hernandez bu yil DWning ifoda erkinligi mukofotiga loyiq deb topildi.

“Meksikaliklar so’z erkinligiga emas, hayotda tirik qolishga ahamiyat beradi”,-deb yozadi Meksikalik jurnalist Anabel Hernandez.

Bild gazetasi: Karl Lagerfeld 85 yoshida Parijda vafot etdi. 20 asrning eng mashhhur moda dizayneri bo’lgan Karl Lagerfeld hayotining oxirigacha mehnat qildi. U saraton kasalligiga chalingan edi.

Stern jurnali: Top Secret? - Google Map mahfiy harbiy bazalari va raketa tizimlarini 3D fotosuratlari bilan ko’rsatadi.

Le Temps (Shveysariya) :  Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning sobiq maslahatchisi Alexandre Benalla qamoqqa olindi.

Le Parisien (Fransiya) : Fransiya majlisida bir deputat “Fransiya Yamanda odam o’ldirmoqda” degan yozuvni ko’tardi.

El Pais: (Ispaniya): Moda va dizayn sohasida dovrug’ qozongan modelyer Karl Lagerfeld 85 yoshida olamdan o’tdi.

El Mundo: (Ispaniya): Barselona mudofaasining taniqli shaxslaridan biri Gerad Pique Lyon-Barselona matchidan so’ng, Real Madrid jamoasi haqida shunday dedi: “Real Madrid doimo shikoyat qiladi. Futbolda, basketbolda va boshqa har sport turida noliydilar. Yaxshi hamki gentbol va xokkeyda yo’qlar”,-dedi.

Telesur (Venesuela): Venesuela prezidenti Nikolas Maduro tibbiyot talabalarining bitiruv kechasida so’zga chiqdi va shunday dedi: “Venesuela bu yil 1.469 nafar xorij millatiga mansub doktorlarni yetishtirib chiqardi. Mana bu haqiqiy insonparvarlik yordamidir”,-dedi.

RIA NOVOSTI xabar agentligi: Putin federal majlisda xalqqa murojaat qiladi. An'anaga muvofiq har yili o'tkaziladigan bunday tadbirda davlat rahbari o'tgan bir yilda qilingan ishlar, ichki va tashqi siyosat va kelajakdagi rejalar haqida xalqqa hisobot beradi.

Izvestiya gazetasi (Rossiya): Rossiyaning AQShdagi sobiq elchisi: “AQSh Rossiya bilan diplomatik munosabatlarning yo’nalishini o’zgartirmoqchi…”,-dedi.

TASS xabar agentligi: AQSh davlat kotibligi: AQSh va Turkiya Suriya shimolida xavfsiz zona tashkil qilish bo’yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Xalq so’zi gazetasi (O’zbekiston): Bugun, 20 fevral kuni O’zbekiston Mudofaa vazirligi Markaziy apparatida Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Pokiston Quruqlikdagi qoʻshinlari Bosh shtabi boshligʻi general-leytenant Nadim Raza boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. 

Xalq so’zi gazetasi (O’zbekiston): Oʻzining buyuk mutafakkirlari, betakror obidalari, muqaddas qadamjolari bilan jahonga mashhur O’zbekistonning qadimiy Buxoro shahri yana bir yirik anjumanga mezbonlik qilmoqda. Shu yilning 21-23-fevral kunlari Buxoroda I-Xalqaro ziyorat turizmi forumi oʻtkaziladi. 

Darakchi gazetasi (O’zbekiston): O’zbekistonda xokkey sportini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O’zbekiston milliy axborot agentligi: Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Xorijiy matbuot sharhlari , #gazeta

Aloqador xabarlar