Xorijiy matbuot sharhlari 30.1.2019

Xorij matbuotidan sharhlar...

1135674
Xorijiy matbuot sharhlari 30.1.2019

                           

Alsharq Alawsat (Saudiya Arabistoni): Google terror tashkiloti DEASh safiga qo’shilishni oldini olish maqsadida qizlarni kuzatmoqda.

Al-Raya Al-Katariya (Qatar): Qatar 2018 yilning Korrupsiyaga qarshi kurash indeksida dunyoda 33-, arab mamlakatlari orasida esa, 2-o’rinda turadi.

Al Hayat (Livan): BAA tovarlariga embargo joriy etganligi sababli Qatarni Jahon savdo tashkilotiga shikoyat qildi.

Le Parisien (Fransiya): “Gabriel” to’foni: Fransiyaning 15 nafar shahrida qor va muzlashga qarshi ogohlantiruv berildi.

Le Figaro (Fransiya): 2018 yilda Fransiyaning iqtisodiy o’sish tezligi 1.5 foizga pasaydi.

Liberation (Fransiya): Yevropa kengashi “Sariq jiletli”larning namoyishlarini zo’ravonlik bilan bostirilishidan xavotirda.

WirtschaftsWoche gazetesi: Dunyoda korrupsiya avj olib bormoqda. Yevropa korrupsiya bo’yicha oppoq niqobga ega. Biroq, Germaniyaning vaziyati ayanchli. Transparency International tomonidan amalga oshirilgan anketaga ko’ra, Germaniyada davlat idoralari va rasmiy tashkilotlarda poraxo’rlik va korrupsiya avj olganligi ma’lum bo’ldi.

Bild gazetesi: Nemis natsistlar Chexiya Respublikasi va Bolgariyada quroldan o’q uzish bo’yicha ta’lim oldilar. O’ta millatchi nemis natsistlar belgilangan chet mamlakatlarda to’plandilar. Maqsad o’q otar qurollardan foydalanishni puxta o’rganishdir.

ARD Televizyonu: Prestij loyihasi inqirozga uchradi. Germaniya va Fransiya hamkorlikda tez yurar poyezdlarni ishlab chiqarish loyihasini rejalashtirmoqda. Bu hamkorlik ayni damda Xitoyga qarshi ham zarba bo’ladi. Biroq, Yevropa Ittifoqi ichida ba’zi xavotirlari bor.

Rus RİA Novosti Xabar sayti: Bir rus general agar Rossiya va Yaponiya urush qilsa, yuzaga keladigan ehtimoliy hodisalar haqida taxmin yuritdi: AQSh darhol Kuril orollariga o’z harbiy bazasini va qo’shinini joylashtiradi.

Lenta.ru rus xabar sayti: Rossiyaning Shimoliy Koreyadagi elchisi: “Rossiya hech qachon Shimoliy Koreyaga atom stansiya qurishni tavsiya qilmadi”,-dedi.

İzvestiya gazetesi (Rossiya): Nikolas Maduro: “Venesuela Rossiya va Xitoy oldidagi barcha moliyaviy majburiyatlarini bajaradi”,-dedi.

Ultimas Noticias (Venesuela): Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatidagi notinchlikning asl sababchisi AQSh prezidenti Donald Tramp ekanligini ma’lum qildi.

El País (İspaniya) İspaniyada xorijlik bolalarni qaramog’iga olish bo’yicha katta ortish yuzaga keldi.

El Mundo (İspaniya) İspaniyada 2019 yşlning eng badavlatlari ro’yxati e’lon qilindi. Sol Daurella Ispaniyaning eng badavlat ayoli sifatida bu ro’yxatdan joy oldi.

O’zbekiston ovozi gazetasi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 28 dekabr kuni Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etdi.

Mirziyoyevning taklifiga muvofiq, joriy yildagi ishlarni mantiqiy davom ettirish va yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida 2019 yil O’zbekistonda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e’lon qilindi.

Xalq so’zi (O’zbekiston): Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 30 yanvar tavallud kuni munosabati bilan xotira tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu munosabat bilan bugun, 30 yanvar kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

Darakchi gazetasi (O’zbekiston):  O’zbekistonda Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #xorijiy matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar