​​​​​​​Xoroijiy Matbuot sharhlari 17.08.2018

Oxirgi bir hafta mobaynida, chet el nashrida, Turkiya haqida o'rin olgan ba'zi yangiliklarning qisqacha to'plami.

1034147
​​​​​​​Xoroijiy Matbuot sharhlari 17.08.2018

AQShning AP agentligi: Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Amerika Qo’shma Shtatlarining Turkiyaga nisbatan sanksiya kiritish va bosim o’tkazish yo’li orqali hech nimaga erisholmasligini qayd etdi.   

Rossiyaning Tass axborot agentligi: Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov, “Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan yaqinda o’tkazgan uchrashuvida Turk iqtisodiyotidagi muammolar borasida rossiyalik kasbdoshidan hech qanday yordam so’ragani yo’q” dedi.

Angliyaning Reuters axborot agentligi: Turk G’aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak AQSh tomonidan Turkiyaga nisbatan kiritilgan sanksiyasini tanqid qilgan germaniyalik vazirni maqtagan holda, “Muammoni diplomatik yo’llardan hal qilish tarafdori bo’lishlik Turkiyaning Germaniya va Yevropa ittifoqi aloqalariga bo’lgan ishonchini mustahkamlaydi” dedi.    

Fransiyaning AFP axborot agentligi: Prezidentlik apparati Matbuot xizmati voizi Ibrahim Kalin Twitter orqali bergan bayonotida, “Turk iqtisodiyotining poydevori mustahkamdir” dedi va “Hech kim spekulyativ axborotlarga e’tibor bermasin” deya gapirdi.  

Rossiyaning Ria Novosti axborot agentligi: Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiyaga qarshi uyushtirilgan iqtisodiy qamalni to’ntarish tashabbusining davomi deb baholadi.

Germaniyaning “Deutsche Welle” (DW) internet sayti: Qatar Turkiyaga nisbatan to’g’ridan-to’g’ri 15 milliard dollarlik investitsiya kiritadi.

Amerika ovozi radiosi: Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an o’z xalqini Turkiyaga qarshi spekulyativ qadamlar tashlagan AQShdan elektronik mahsulotlarni xarib qilmaslikka cahqirdi.

Xitoy Xalqaro radiosi (CIA): Turkiya tomonidan AQShdan eksport qilingan ba’zi mahsulotlarining eksportida qo’shimcha moliyaviy majburiyatlar nisbatini 100 foiz orttirish haqidagi qaror kuchga kirdi.  

Angliyaning BBC nashri: Angliyada Turk lirasi savdosida katta ortish qayd etilmoqda. Britaniyalik sayyohlarning Turk lirasiga bo’lgan talabiga ulgurishlik murakkablashib bormoqda.

AQShning CNN telekanali: Turkiyaning G’aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak Germaniyaning Moliya vaziri Olaf Scholz bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda ikkala vazir shu yilning 21-sentabri kuni Berlinda uchrashuv o’tkazish borasida kelishib oldi.

Eronning IRNA axborot agentligi: Qatar, Quvayt va Iroq AQSh sanksiyalari oldida Turkiyani qo’llab-quvvatlamoqda.

Rossiyaning Sputnik axborot agentligi: Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqat qildi. Mazkur muloqatda ikkala mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy va savdo munosabatlari qo’lga olindi.

 



Aloqador xabarlar