Xorijiy Matbuot Sharhlari 09.03.2018

Oxirgi bir hafta mobaynida, chet el nashrida, Turkiya haqida o'rin olgan ba'zi yangiliklarning qisqacha to'plami.

925957
Xorijiy Matbuot Sharhlari 09.03.2018

Rossiyaning TASS axborot agentligi: Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Fransiya Prezidenti Emmanuel Macron bilan telefon orqali muloqat qildi. Ikkala lider ushbu muloqat chog’ida Suriya rejimi tomonidan qurshab olingan Sharqiy Gutadagi siyosiy muammoni hal qilish yo’llarini izlab topajaklarini qayd etganlar.

Ozarbayjonning Trend axborot agentligi: Iqtisodiyot masalalari bo’yicha Bosh vazir o’rinbosari Mehmet Shimshek savdo urushlarining ochiq-oydin boshlaganligini belgilab o’tdi.

Rossiyaning Sputnik nomidagi radio va axborot agentligi: Amerika Qo’shma Shtatlarining po’lat importiga qo’shimcha soliq kiritish haqidagi qaroriga qarshi Turkiya bilan Yevropa ittifoqi birgalikda faoliyat olib borishni rejalashtirmoqda.

GermaniyningaDeutsche Welle teleradiostansiyasi: Turkiya, Suriyaning Idlib shahrida va muxolafat guruhning nazorati ostidagi mintaqada to’qqizta lager qurishni rejalashtirmoqda. Lagerlarda 170 ming kishini himoya qilish ko’zda tutilmoqda.    

AQShning CNN xalqaro axborot kanali: Amerika Qo’shma Shtatlarining Anqara elchixonasi roparasidagi Anqara Sanoat palatasi binosiga osib qo’yilgan oy yulduzli kattakon afishadagi, “Hech qaysi kuch terrorizmga qarshi kurashimizga to’siqlik qilolmaydi1” degan so’zlari e’tiborlarni o’ziga qaratdi.  

Angliyaning BBC nashri: Erjiyes Qishki sport markazida joriy yilning 22-martidan boshlab 25-martigacha Turkiyada birinchi marotaba Snowkite Jahon chempionati o’tkaziladi.

AQShning Amerika ovozi teleradiosi: Turkiya chegarasidan o’tib harbiy mintaqaga kirgan va jasuslikda ayblanib nazorat ostiga olingan gretsiyalik 2 nafar askarning mintaqada tushirgan fotosuratlari tekshiruvga olindi.

Angliyaning Reuters axborot agentligi: Prezident Rajap Tayyip Erdog’an eronlik kasbdoshi Hasan Ruhoniy bilan telefon orqali muloqat qilib muloqat chog’ida, Suriyadagi o’q uzishlarni to’xtatish haqidagi say-harakatlarni tezlashtirish borasida kelishib oldilar.  

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar