Xorijiy matbuot sharhlari 05.07.2017

Xorij matbuoti Turkiya va Prezident Erdo'g'an haqqida xabarlarga keng o'rin ajratmoqda.

765017
Xorijiy matbuot sharhlari 05.07.2017

Angliyaning Rauters xabar agentligi, "Turkiya, Berlinda Erdo'g'anga norozichilik ko'rsatgan namoyishni qoraladi" deb chop etmoqda.

Turkiya, Germaniyada Federal majlis binosi oldida Phlipp Ruch isimli sa'aktorning tashviqotlarini qotaladi. Tashqi ishlar vazirligidan berilgan bayonotda, Nemis politsiyasining, Prezident Erdo'g'an va ayrim davlat rahbarlari bilan aloqali plakatlarni bartaraf qilish uchun kirishmagani tufayli vaziyatning yana ham vahimali holga kelganini bildirdi. Bayonotda, Nemis vakillarning bu namoyishlar bilan aloqali bir qadam tashlashi kutilganiga to'xtalib "Plakatlarda shiddatga chorlagan ifodalar bor" deb bildirildi.

AQSh AP xabar agentligi: "Tashqi ishlar vaziri Chavushog'lu: tinchlik nomi ostida Turk askari Kiprdan chiqarilmaydi" deganini xabar qilmoqda.

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'lu, etnik jihatdan parchalangan Kiprni birlashtirish uchun tuziladigan bir kelishuv doirasida Turk askarining Kiprdan chiqarilmasligini izohladi. Chavushog'lu, Turkiyaning Yunoniston va xalqaro jamoatchilik tomonidan tan olingan Kiprli Yunonlarning asosiy istagi bo'lgan Kiprdan askarlarni chiqarishga majburlaydigan bir tinchlik kelishuvi istamaganini ifoda etdi. Shveysariyada davom etgan Kipr konferentsiyasida so'zlagan Chavushog'lu, "Oroldagi askarlarning butunlay chiqarilishi bahs mavzusi emas" deb ifoda etdi.

Germaniya DPA xabar agentligi "Yevropa Ittifoqi komissari Oetteger, Turkiya bilan ko'chmanchilar mavzusida kelishuvni davom ettirish tarafdori" deb chop etmoqda.

Yevropa Ittifoqi (YI) komissari Gunther Oettinger, Yevropaning Turkiya bilam mavjud ko'chmanchilar kelishuvini davom ettirishni istaganini izohladi. Oettinger, bir gazetaga bergan muloqotida, Turkiyaning ko'chmanchilarni himoya qilishi uchun 2016-2017 yillari jami 3 milliard Yevro berishni kafolat qilgani, buni yil oxirigacha yetarli bo'lishini izohladi. Oettinger, "Ko'chmanchilarga yordam berishga davom etish uchun yana 3 milliard Yevrolik bir kelishuv tuzish kerak. Bu mablag'ning katta bo'limi YI budjetdan beriladi" dedi.

Ozarbayjon xabar agentligi: Trend xabar "Turkiya-Ozarbayjon mushtarak faoliyat guruhi" deb yoritoqda.

Turkiya va Ozarbayjon o'rtasida ta'lim sohasida mushtarak faoliyat guruhining, ilk yig'ilishi Ozarvayjonning poytaxti Bokuda bo'lib o'tdi. Ozarbayjon Ta'lim vaziri Mikail Jaorrov bergan baynotida, Ozarayjon bilan Turkiya aloqalarining alohida o'rni bo'lganini, dunyoda bunga o'xshash boshqa namunasi bo'lmaganini takidladi. Ta'lim sohasida ham hamkorlik qilishning juda muhim bo'lganini ifoda etgan Jabbarov, minglab Ozarbayjonli studentning Turkiyada, Turk talabaning Ozarbayjonda ta'lim olganini izohladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #xorijiy matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar