Xorijiy Matbuot sharhlari 22.02.2017

Eron, IRNA: “ Senator McCain, DEASh bilan kurashda AQSh, Turkiya bilan hamkorlik qilmoqchi. Respublikachi Senator McCain, Shimoliy Iroq va Suriyada DEASh bilan kurash mavzusida AQSh, Turkiya bilan hamkorlik qilmoqchi. Senator McCain, Prezident Rajab To

677527
Xorijiy Matbuot sharhlari    22.02.2017

Eron, IRNA: “ Senator McCain, DEASh bilan kurashda AQSh, Turkiya bilan hamkorlik  qilmoqchi.  

Respublikachi Senator McCain, Shimoliy Iroq va Suriyada DEASh bilan kurash mavzusida AQSh, Turkiya bilan hamkorlik qilmoqchi. Senator McCain, Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an bilan o’tkazgan uchrashuvining ortidan  uyushtirgan  matbuoti anjumanida  shu ifodalarga o’rin berdi: “ Uchrashuvda Suriyadagi oxirgi o’zgarishlarni tafsilotlari bilan birga ko’rib chiqdik. AQShda boshqaruvning o’zgarishi, Suriyada AQSh siyosatlarini yangidan ko’zdan kechirishi  mavzusida mos bir fursat  deb o’ylayman dedi.

AQSh, DEAShni yo’q qilish uchun boshqa terrorist guruhlarning kuchlanishiga qarshi kurashish va Yaqin sharq  hududida muvozanat ta’min etish mavzusida Turkiya bilan hamkorlik qilishi  kerak dedi.  Biz sabrsizlik bilan Turkiya bilan hamkorlikni  boshlatishni  kutamiz va ushbu hamkorlik natijalari Suriyaning vaziyatining  yaxshi bo’lishi  uchun foydali bo’ladi deb o’ylayman.” dedi.
Angliya, Reuters: “ Turkiya Bosh vaziri Yildirim: Turkiya yangi AQSh boshqaruvi Gulen mavzusida yana  ijobiy   bo’lishini o’ylamoqda.

Turkiya  Bosh vaziri Binali Yildirim, Turkiya, AQShning yangi boshqaruvi Fatullahchi  terror tashkiloti to’da boshchisi  Fatullah Gulenni qaytarib berish mavzusida  yana ijobiy va yana ham sezgir bo’lishini ko’rganini  aytdi. Yildirim, seshanba kuni Adolat va taraqqiyot partiyasining Turkiya oliy millat majlisidagi guruh yig’ilishida deputatlarga qilgan ma’ruzasida, Anqaraning iyul oyida Turkiyadagi harbiy to’ntarishni uyushtirish bilan ayblagan Gulenni Turkiyaga qaytarib berish mavzusida AQShlik rasmiylar bilan uchrashuvlar davom etmoqda deb ifoda etdi.”

Qatar markazli Aljazaera Turk internet sayti. “ Turklarning tengligini qabul qila olmaydilar.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji va Turk Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Lefko’shada o’zaro uchrashuvlarning ortidan mushtark matbuoti anjuman uyushtirdi. Akinji, Kiprda muzokaralarning davom ettirilishi va ijobiy jihatida bir yo’l olmasligi  Rum tomonining uslubidan yuzaga chiqmoqda. Bu kelajakdagi ehtimoli  bir yechimda Turklarning  asoschi davlati janub  bilan  siyosiy jihatdan butunlay teng bo’ladi va bu siyosiy  tenglik bilan  bir qatorda  ko’rsatkichlar  ham mavjud  bo’lishi Rum tomonining hanuz  qabul qila olmasligidan yuzaga chiqmoqda dedi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’lu, “ muzokaralar jarayoni so’nggi bir  fursat” deb izoh etdi.

Rossiya, TASS: “ Turkiya havo yo’li shirkati O’nur Air, may oyida Istanbul-Jukovskiy safarlari boshladi.

Ramport Aero shirkatining  birinchi rais o’rinbosari Yevgeniy Solodilin, O’nur Air Turk havo yo’li shirkati Istanbul- Jukovskiy safarlarini boshlatadi va uchishlar 2 -mayida boshlanishi  rejalanganini  bildirdi. Havo yo’li shirkati dushanba kuni bilet sotishga boshlaganini ifoda etgan Solodilin , “ hozirchalik faqat Istanbul-Jokuvskiy- Istanbu safari  rejalamoqda.” dedi

 

 



Aloqador xabarlar