Xorijiy matbuot sharhlari 27.01.2017

Xorij matbuotida chop etilgan Turkiya haqidagi yangiliklar...

663208
Xorijiy matbuot sharhlari 27.01.2017

                          

Germaniyada nashr qilingan Der Tagesspiegel kundalik gazetasi: “Fathulloh Gulen harakatini himoya qilgan Merkelga portlatilgan Turkiya Oliy majlisi ko’rsatiladi”, deb yozadi.

Germaniya Bosh vaziri Angela Merkel ertaga 2 fevral kuni Turkiyaga tashrif buyuradi.

U tashrifi chog’ida Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bilan uchrashadi.

Bu tashrif Merkel uchun juda murakkab ziyoratlardan biri bo’ladi.

Chunki, Merkelga 15 iyulda Fathulloh Gulen harakati tomonidan portlatilgan Turkiya Oliy majlisi ko’rsatiladi.

Merkel davlatni to’ntarishga uringan isyonchi harbiylarning qilmishlarini o’z ko’zi bilan ko’rishga majbur bo’ladi.

Ya’ni, Turkiya nima uchun xorijga qochgan isyonchilarni mamlakatga ekstraditsiya qilinishini talab qilganiga iqror bo’ladi.

Merkelning davlatni to’ntarishga urinish tashabbusini barcha dalil va isbotlari bilan o’z ko’zi bilan ko’rgach, yanada Fathulloh Gulen harakatini himoya qilib yoki qilmasligi maroq bilan kutilmoqda.

AFP matbuot agentligi: “Turkiya Trampni muhojirlarga nisbatan siyosatini qaytatdan ko’zdan kechirishga chaqirdi”,-deb yozadi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush Amerika Prezidenti Donald Trampni 7 nafar musulmon davlatlarning fuqarolarini Amerikaga kirishini man qilish maqsadida olgan qarorini takror ko’zdan kechirishga chaqirdi.

“G’arb davlatlarida avj olgan millatchilik, xorijliklarga nisbatan dushman ko’zi bilan qarash va islomofobiyadan kelib chiqqan bu qarorni qabul qilish imkonsizdir”,-deydi Numan Kurtulmush.

Uning aytishicha, hech bir davlatning fuqarosini yomon otliqqa chiqarib, sinflarga ajratib bo’lmaydi.

Al Jazira televideniyesi Suriyada qochqinlar uchun xavfsiz hudud tashkil qilish qarori butun xalqaro hamjamiyat tomonidan qabul qilinganini ma’lum qildi.

Ma’lumki, AQSh Prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni qroli bilan bo’lgan muloqoti chog’ida, suriyalik qochqinlar uchun xavfsiz hududni tashkil qilish bo’yicha kelishib olgan.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriya rejimining qabul qilinishi va BMTning ishtirok etish sharti bilan Suriya zaminida qochqinlar uchun xavfsiz hududlarni tashkil qilish fikrini qo’llab quvvatlashini aytdi.

Suriya rejimi Tashqi ishlar vaziri Valit Muallim esa, xavfsiz hududning Suriya chegaralari tarkibida tashkil qilish xususida Suriya hukumati bilan kelishgan holda amalga oshirish zarurligini, aks holda xavfsiz bo’lmasligini va Suriyaning mustaqilligi poymol qilinishini ilgari surdi.

Turkiya bugungacha bu masala bo’yicha Obamaga taklif kiritib keldi.

Eron hozircha bu masalada jim-jitligicha qolmoqda.


Tanlangan kalimalar: #xorij , #gazeta , #matbuot , #xabar agentligi , #yangilik , #xabar

Aloqador xabarlar