Xorıjıy matbuot shahrları 28.12.2016

Bugungi xorij matbuotidan olingan muhim yangiliklar sharhi.

639428
Xorıjıy matbuot shahrları 28.12.2016

Angliyaning Reuters axborot agentligi: “Erdog’an: AQSh rahbarligidagi koalitsiya Suriyada terror tashkilotiga yordam bermoqda”. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Amerika Qo’shma Shtatlari rahbarligidagi koalitsiya kuchlarining oralarida DEASh va PKK terror tashkilotlarining Suriyadagi qanoti PYD/ YPG terror tashkilotlari ham o’rin olgan terror tashkilotlarini qo’llab-quvvatlaganligiga oid dalillarning borligini aytdi. Erdog’an, “AQSh bosh bo’lish bilan birga koalitsiya kuchlari bizni DEASh terror tashkilotini qo’llab-quvvatlashda ayblayotgan edi. Terror tashkilotiga qarshi oxirigacha kurash olib borajaklarini aytganlarning hammasi ko’zdan g’oyib bo’ldi. Hatto aksincha DEASh, YPG, PYD doxil terror tashkilotlarini qo’llab-quvvatlamoqda. Dalil sifatida bir necha fotosurat va videolavhalarni qo’lga kiritidik.  

Birlashgan Arab Amirliklari, al-Arabiya telekanali: “Suriyaning shimolidagi demografik tuzilish o’zgarmasligi kerak”. Adolat va taraqqiyot partiyasi Tashqi munosabatlar raisi o’rinbosari Halil O’zjan, al-Arabiya telekanaliga bergan intervyusida Firat qalqoni amaliyotiga to’xtalar ekan u haqida Suriyaning shimolida PYD va DEASh terror tashkiloti tug’dirgan xavflarga qarshi kurash olib borganliklarini belgilab o’tdi. Hozirda al-Bobga qarab yo’l olganliklarini ta’kidlagan O’zjan, ortidan Manbijga qarab yo’l olajaklarini aytdi. O’zjan, “Bu mintaqalardagi terroristlarning mintaqani tark etishini ta’minlashga harakat qilmoqdamiz. G’arb davlatlarining qo’llab-quvvatlashi bilan mintaqadagi demografik tuzilishning o’zgartirilishiga qarshimiz” dedi. Turklarning kurdlar bilan hech qanday muammosi yo’qligini ta’kidlagan O’zjan, “Bizning muammomiz Turkiyaning janubiy-sharqidagi PKK terror tashkilotidir. Mintaqadan hukmron partiyaga saylanganlarning yarmi kurdlardan iborat” deya gapirdi.    

Avstriyaning kundalik Die Presse gazetasi: “Turkiya-Yevropa ittifoqi munosabatlariga bir nazar”. 2016-yil Yevropa ittifoqi uchun murakkab bir yil bo’ldi. Britaniyaning ittifoq tarkibidan chiqishi, muhojirlar muammosi, moliyaviy inqiroz va ittifoq tarkibidagi hukumatlarning xudbinligi bilan birga Turkiyaning a’zolik masalasi ham ittifoqga a’zo davlatlar orasida ko’p marotaba muzokara qilindi. Fetullahchi terror tashkiloti Prallel Davlat tuzilmasining 15-iyul kuni qo’l urgan to’ntarish tashabbusi ortidan Anqara qo’llab-quvvatlangani yo’q va kerakli muloqat qilinmaganligi ittifoq faoliyatini murakkablashtirdi. Yevropaning ko’p qirrali tarixiy bog’lari bo’lgan va NATO ga a’zo Turkiyaga ehtiyoji bor. Yevropaning kuchli iqtisodiy sherigi va Yaqin Sharq bilan Markaziy Osiyoga bog’lagan strategik sherik sifatida unga ehtiyoji bor. Yevropa bundan buyon to’g’ri yo’lni topishi darkor. Buning uchun Bog’ozdagi davlatga yani Turkiyaga qanday munosabatlar bilan murojaat qilishi haqida alternativ konseptlarga yo’ndashishi kerak. Haqiqat shu ki, Yevropa qadriyatlari faqatgina geografik emas siyosat va madaniy jihatdan ham Turkiyagacha yetib kelmoqda.    

Germaniya, DPA Matbuot agentligi: “Turkiya bilan bo’lgan munosabatimizni buzmasligimiz darkor”. Germaniya Sotsial demokratik partiyasi raisi Thomas Oppermann, muhjoirlar haqidagi “Qayta qabul kelishuvining” turk hukumatining, muhojirlarning va Yevropaning foydasiga ekanligini ta’kidladi. Oppermann, “Turklar Yevropa ittifoqi chegarasining xavfsizligi uchun yordam bermoqda. Shunday ekan YI ham muhojirlardan o’z yordamini ayamasligi kerak. Yevropadan Turkiyaga yuboriladigan pullar orqali suriyalik bolalar maktabga shuningdek, duhturxonalarga bora oladi. Yevropa ittifoqi bilan Turkiya o’rtasidagi muzokaralar davom etishi kerak” dedi. Oppermann, Turk hukumatining terrorga qarshi o’zini-o’zi himoya qilishining esa eng tabiiy hol ekanligini ta’kidladi.  

 

 



Aloqador xabarlar