Xorijiy matbuot sharhlari 21.12.2016

Xorij matbuotida chop etilgan Turkiya haqidagi yangiliklar...

635206
Xorijiy matbuot sharhlari 21.12.2016

 

Fransiyada faoliyat ko’rsatgan AFP xabar agentligi: “Erdog’an Suriya masalasi bo’yicha Putin bilan hamfikr” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozishicha, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Ankarada Rossiya elchisi Andrey Karlovning suiqasd qurboni bo’lishiga qaramay, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Suriya masalasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olgan.

Istanbulda qurilgan Yevrosiyo tunelining seshanba kuni bo’lib o’tgan ochilish marosimida so’zga chiqqan Prezident Erdog’an: “Janob Putin bilan nafaqat turli sohalardagi hamkorlik faoliyatlarimiz bo’yicha, balki Suriya masalasiga doir faoliyatlarimiz xususida ham hamfikrmiz. Rus elchiga nisbatan sodir qilingan suiqasd davlatlarimiz o’rtasidagi hamkorligimizga zarar bera olmaydi. Rossiya bilan munosabatlarimizning buzilishiga aslo yo’l qo’ymaymiz”,-deya ma’ruza qilgan.

 “Mushtarak komissiya Karlov jinoyatini tekshira boshladi” deb yozadi Rossiyada faoliyat ko’rsatgan TASS xabar agentligi.

Agentlik xabariga ko’ra, Istanbulda Yevrosiyo tunelining ochilishida so’zga chiqqan Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an turk va rus ekspertlar Ankarada rus elchi Andrey Karlov jinoyati ustidan tergov yurita boshlaganini ma’lum qildi.

“Turkiya bilan Rossiya mushtaarak tergov komissiyasini tuzdi. Shu maqsad bilan Rossiyadan 18 ta ekspert Ankaraga keldi va tergovni boshladi. Hech kimning Turkiya va Rossiya aloqalarini buzishiga yo’l qo’ymaymiz”,-deydi Turkiya Prezidenti Erdog’an.

“Rossiya, Turkiya va Eron Suriyada hamkorlikni kuchaytirmoqda” deb yozadi Germaniyaga tegishli DPA xabar agentligi.

Xabarda yozilishicha, Rossiyaning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisining Ankarada o’ldirilishidan bir necha soat o’tgach, Rossiya,Turkiya va Eron Suriya masalasi bo’yicha yana ham yaqindan hamkorlik xususida kelishib oldilar.

Moskvada bo’lib o’tgan uch tomonlama muzokaralardan so’ng, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Eron, Rossiya va Turkiya davlatlari Suriya hukumati bilan muxolifat o’rtasida bitim tuzish kafolatini o’z bo’yniga olganini ma’lum qilgan.

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu seshanba kuni Turkiya va Eron Mudofaa vazirlari bilan uchrashdi.

Sergey Shoygu rus elchi Andrey Karlov suiqasdiga doir fikr bildirar ekan: “Bunday voqealar xalqaro maydonda terrorizmga qarshi kurash faoliyatlarimizga bolta urish maqsadida sodir qilinganini bilamiz. Lekin, kurashimizni bor kuchimiz bilan davom ettiramiz”,-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #xorij , #matbuot , #gazeta , #agentlik , #yangilik

Aloqador xabarlar