Matbuot sharhlari 14.12.2016

Xorij matbuotida chop etilgan Turkiya haqidagi yangiliklar...

630361
Matbuot sharhlari 14.12.2016

 

Germaniyada faoliyat ko’rsatgan DPA matbuot agentligi: “Yevropa Ittifoqi Turkiya bilan dialogni to’xtatmaydi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Yevropa Ittifoqi Fathulloh Gulen harakatining 15 iyuldagi to’ntaruv tashabbusidan so’ng, birinchi marta Turkiyaga nisbatan aniq munosabatda bo’lmoqda.

Ittifoqqa a’zo davlatlar seshanba kuni o’tkazgan muzokara natijasida, Avstriya va Yevropa parlamentining Turkiya bilan a’zolik muzokaralarining to’xtatilishi haqidagi talablarini qabul qilmadi.

Natijada, Yevropa Ittifoqi Brusseldagi vazirlar yig’ilishida, Turkiyaga o’z eshiklarini yopmagan holda, muzokaralarning davom etishi xususida qaror qabul qildi.

Hindistondagi “Jansatta” kundalik gazetasi: “PKK g’arbdan olgan qurollarni DAIShga qarshi emas, Turkiyaga qarshi o’qtalmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, g’arb davlatlar terror tashkiloti PKKga DAIShga qarshi jang qilish uchun qurol bermoqda.

Lekin, PKK bu qurollarni DAIShga qarshi emas, balki Turkiyaga qarshi o’qtalmoqda. PKK terrorchilik harakatlarini faqatgina Turkiyada sodir qilmoqda.

Ularga DAIShga qarshi kurash jasoratini bergan g’arb davlatlari boshqa terror tashkilotlariga ham qurol-aslaha tarqatmoqda.

Mana shunday qilib, g’arb davlatlarining ikkiyuzli siyosati o’rta chiqmoqda.

Aslida, terrorizmga qarshi kurashganini to’xtovsiz tilga olgan davlatlarning shubhali xatti-harakatlarini tahlil qilish zarur.

Ozarbayjonda nashr qilingan “Yangi Musavat gazetasi: “Terror tashkiloti chetdan to’yinmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, oxirgi 35 yil ichida Turkiyada 35 mingdan ziyod inson va xavfsizlik xodimi terror qurboni bo’ldi.

Turkiya ko’p yillardan beri terror tashkiloti PKKga qarshi kurashmoqda.

PKKning orqasida Turkiyaning rivojlanishini ko’ra olmagan tashqi kuchlarni ko’rish mumkin. Ular Turkiyani sindirish uchun terroristlarni qurollantirmoqda.

Buni hech kim inkor eta olmaydi. Biron terrorist guruh logistika va qurolsiz terrorchilik harakatini amalga oshira olmaydi.

PKK o’z safini kengaytirish uchun yosh yigit-qizlarni toqqa olib chiqib ketmoqda va ularni jangari qilib yetishtirmoqda. Lekin, so’ngi yillarda PKK safiga qo’shilish holatlari ancha kamaygan. PKK ga har tomonlama yordam bergan davlatlarning asl maqsadi Turkiyani bo’lish va inqirozga uchratishdir. Lekin, buni oshkora ayta olmaydilar.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #gazeta , #xorij , #matbuot , #yangilik

Aloqador xabarlar