Xorijiy matbuot sharhlari 30.11.2016

Xorij matbuotida chop etilgan Turkiya haqidagi xabarlar...

620739
Xorijiy matbuot sharhlari 30.11.2016

                           

Angliyada faoliyat ko’rsatgan Al Sharq Al Evsat xabar sayti ma’lum qilishicha, Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush Turkiya oxirgi paytlarda Yevropa Ittifoqining ba’zi noo’rin siyosatiga guvoh bo’lganini aytdi.

Yevropa Ittifoqi va’da berganiga qaramay, qochqinlarga moddiy yordam ko’rsatmaganini va turklarga viza tartibi qulaylashtirilmaganini aytgan Numan Kurtulmush: “Yevropa Ittifoqi vizasiz sayohat tartibini joriy qilmasa, qochqinlarning Yevropa chegaralaridan o’tishiga to’sqinlik qilmaymiz”,-dedi.

U muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan to’ntaruv tashabbusidan so’ng, Turkiyada demokratiyani qo’llab quvvatlashdan tortingan Yevropa Ittifoqi davlatlari Turkiyani chalg’itganini aytdi.

Italiyada nashr qilingan Il Giornale kundalik gazetasi, “Yevropada qochqin vahimasi” sarlavhasi bilan xabar chop etdi.

Xabarga ko’ra, Yevropa Ittifoqi Turkiyani a’zolik muzokaralari xususida turli bahonalar bilan aldab kelishi va bergan va’dalarini bajarmagani Turkiya tomonidan salbiy baholanmoqda.

Hukumat vakillari qochqinlar masalasi bo’yicha moddiy yukni baham ko’rishni xohlamagan va turklarga vizani bekor qilish va’dasini ustidan chiqmagan Yevropa Ittifoqini qochqinlarni yoppasiga jo’natisbilan qo’rqitmoqda.

Bu esa, uningsiz ham qarz botqog’ida bo’lgan Yunoniston hukumatini qiyin ahvolga solmoqda.

Turkiyada lagerlarida yashagan suriyalik qochqinlar chegaralar ochilgan taqdirda, Yevropaga ommaviy ko’chib borishi aniq.

Xozirda Turkiyada 3 mln atrofida qochqin mavjud.

Rossiyada nashr qilingan Ria Novosti gazetasi, “Turkiya turizm sektorini qo’llab quvvatlash dasturini ishlab chiqdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim turk vakillarning mamlakatda turizm sektorini rivojlantirish dasturini kelgusi yilda ham davom ettirish niyatida ekanini bildirdi.

“Turkiyaga sayyohlarni olib kelish bilan shug’ullangan turizm agentliklariga 2017-yil mobaynida har bir charter safarlari boshiga 6 ming dollar pul o’tkaziladi. Agar samolyot 200 dan ortiq sayyohni olish hajmiga ega bo’lsa, bu miqdor 7 ming 800 dollarga chiqariladi”,-deydi Bosh vazir Binali Yildirim.

Uning aytishicha, hukumat tomonidan turizmni rivojlantirish yo’lida juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, shu yilning 30 iyulidan buyon 417 ming 996 nafar kichik va o’rta miqyosli menejmentlarning olgan kredit miqdori 19.5 mlrd lirani tashkil qiladi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #xorij , #gazeta , #matbuot

Aloqador xabarlar