Xorijiy matbuot sharhlari 23.11.2016

Xorij matbuotida chop etilgan Turkiya haqidagi yangiliklar...

616410
Xorijiy matbuot sharhlari 23.11.2016

 

Rossiyada nashr qilingan Ria Novosti gazetasi Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anning Turk Qurolli Kuchlarining yordami bilan muxolif Mustaqil Suriya qo’shinining El-Bab shahrini DAISh terror tashkilotidan qutqarishi bilan Minbichga tomon harakatlanishini ma’lum qilganini yozdi.

Erdog’an: “El-Babni terroristlardan qutqarib, Minbichga o’tamiz. U yerda suriyalik kurdlardan tuzilgan terror tashkilotlari mavjud. Ularni sharqqa tomon haydaymiz.  Bir qismi sharqqa surildi. Bu zamin ularniki emas, u yerda arablar yashaydi. Arablar o’z vatanida yashasin. Turkiyaning u yerni egallash niyati yo’q”,-dedi.

Eronda nashr qilingan IRNA gazetasi “Ankarada bir mahkama PYD liderini qo’lga olish to’g’risida qaror chiqardi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Ankarada shu yilning 17 fevral kuni harbiylarni olib ketayotgan transport vositasiga nisbatan sodir qilingan terrorchilik harakati yuzasidan tergov olib borgan mahkama kecha PKKning Yevropadagi boshlig’i va Suriyadagi PKK hamkori PYDning liderini bu jinoyatda qo’li borlikda ayblab, qo’lga olish to’g’risida qaror chiqardi.

Bu qarorga ko’ra, Salih Muslim, Zubeyir Aydar, Remzi Kartal, Jemil Bayik, Murat Karayilan va Fehman Huseyin ustidan qo’lga olish to’g’risida qaror chiqardi.

Ya’ni mahkama jami 48 jinoyatchi ustidan qo’lga olish to’g’risida buyruq berdi.

Turkiya hukumati PYD va YPG ekstremist guruhlarini PKK terror tashkilotining hamkori sifatida tan oladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #xorij , #matbuot , #Rossiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar