Xorijiy Matbuot sharhlari 16.11.2016

Bugungi Xorijiy matbuotidan olingan Turkiya haqidagi ma'lumotlarning to'plami.

612021
Xorijiy Matbuot sharhlari 16.11.2016

“Reuters” axborot agentligi (Angliya): “Turkiya, Trump boshqaruvidagi AQSh munosabatidan umidvor”. Donald Trumpning AQSh Prezidenti etib saylanishi Turkiyadagi ijtimoiy tarmoqlarda keng ko’lamli olaroq qo’lga olindi. Millionlab turk Trump g’alabasini, oxirgi vaqtlarda hamkor davlat bo’lishiga qaramay Turkiyaga qarshi salbiy qadamlar bilan muomala qilgan Vashingtonga dars bo’ladi degan fikrda. Turkiyadagi Amerikaga qarshi yuritilgan ko’z qarashlar 15-iyul kuni kechasi qo’l urilgan va muvaffaqiyatsiz natijalangan harbiy to’ntarish tashabbusi ortidan jiddiy ravishda ortgan edi. Turklar endi Trump boshqaruvi chog'ida FETO terror tashkilotining to’da boshi Fetullah Gulenning ekstraditsiya qilinishidan shuningdek, Suriya va Iroqda Turkiya bilan yaqin yo’lni kuzatib borishidan umidvor.

“Ria Novosti” axborot agentligi (Rossiya): “AQShdagi Trumpga qarshi uyushtirilgan norozichilik namoyishlari antidemokratikdir”. Bosh vazir Binali Yildirim, Donald Trumpning Amerika Qo’shma Shtatlarining yangi Prezidenti etib saylanishining, ko’chalarda tartibsizlik yaratish say-harakati bilan protesto qilinishining qabul qilinmay turgan darajada noto’g’ri ekanligini aytdi. Yildirim, “AQShda Prezidentlik saylovi bo’lib o’tdi va buning g’olibi Trump. Xayrli bo’lsin! Biz uni muborak bot etdik. Amerika xalqi o’zining kelajagini tanladi. Ko’chalarda norozichilik namoyishlari uyushtirish orqali saylov natijalarini ko’rmaslikka olishlik qabul qilinmaydi va bu demokratiyaga qarshi uyushtirilgan tashabusdir” dedi.

“Die Presse” axborot agentligi (Avstriya): “Yevropa ittifoqining Turkiya bilan bo’lgan muhojirlar shartnomasiga ehtiyoji bor”. Makedoniyaning Tashqi ishlar vaziri Nikola Poposki, Yevropa ittifoqining Anqara bilan bo’lgan Muhojirlar shartnomasining yana uzoq davom etishidan umidvorligini aytdi. Turkiyaning Yevropa ittifoqiga ehtiyoji bo’lganidek Yevropa ittifoqining ayniqsa, Germaniyaning Turkiyaga ehtiyoji borligini aytgan Poposki, “Hech qaysi siyosatchining Yevropa ittifoqi-Turkiya shartnomasini jiddiy ravishda tahditga solish niyati bo’lmasa kerak deb o’ylayman” dedi.

“ANSAmed” axborot agentligi (Italiya): “Turkiya-Rossiya munosabatlari borgan sayin mustahkamlashib bormoqda”. O’tgan yili noyabr oyida Suriya chegarasidagi Rossiya uchog’ining urib tushirilishi ortidan sovuqlashgan Turkiya-Rossiya munosabatining qayta tiklanishiga qaratilgan jarayon davom etmoqda. Bosh vazir Binali Yildirim kasbdoshi Dmitriy Medvedov bilan dekabr oyining ilk haftasida Moskvada uchrashadi. Uchrashuvda turizm sohasi bosh bo’lish bilan birga o’zaro munosabatlarning mustahkamlanishi to’g’risidagi masalalar va Suriyadagi oxirgi vaziyat kun tartibiga olib chiqiladi. Ko’plab ishbilarmonning hamrohlik qilajagi Yildirimning bu ziyorati, o’tgan oyda qo’l qo’yilgan strategik quvir liniyasi tog’risidagi shartnoma ortidan 2017-yilning yanvar oyida o’tkazilish ehtimoli bo’lgan Erdog’an-Putin uchrashuviga ham xizmat qiladi.   

 



Aloqador xabarlar