Xorijiy matbuot sharhlari 25.05.2016

Dunyo Matbuoti Prezident Rajab Tayib Erdo'g'anning Yevropa Ittifoqiga ko'rsatgan norozichiligiga keng o'rin bermoqda.

497385
Xorijiy matbuot sharhlari 25.05.2016

Euronews: "Erdo'g'an Yevropa Ittifoqini ogohlantirdi" deb yozmoqda. Prezident Rajab Tayib Erdo'g'an, Turkiya-Yevropa Ittifoqi o'rtasida vizasiz sayohat bilan ko'chmanchilarni qabul qilish shartnomasiga Brusselda qattiq norozichilik ko'rsatdi.Yevropa Ittifoqining Turkiyaga ko'chmanchilar uchun va'da qilgan 3 milliard Yevrolik yordam so'ziga turmaganini ifoda etgan Erdog'an, "Bizlarga davomli shartlar ilgari surmoqalar, bu yer Turkiya" dedi. Prezident Erdo'g'an, Istanbul mezbonlik qilgan BMT Butunhajon Gumanitar Sammiti yakunida so'zladi. BMT Bosh Kotibi Pan Ki Mun bilan bo'lib o'tgan mushtarak matbuot anjumanida junalistlarning savollariga javob bergan Erdo'g'an, "Tashqi Ishlar Vazirimiz, Yevropa Ittifoqi Vazirimiz uchrashuvlar o'tkazadi. Bu uchrashuvlar bir samara bersa beradi; bo'lmasa aybga buyurmasinlar. Bu Turkiya Respublikasining Oliy Majlisida ko'chmanchilarni qayta qabul qilish shartnomasi bilan aloqali, kuchga kirishi uchun qonun chiqmaydi" deb so'zlaganini ifoda etdi.

Yaponiyada, "Nihon Keizai gazetasi" Ikkinchi Jahon urushidan keyin eng yomon deb tarif etilgan ko'chmanchi masalasiga yechim topish maqsadi bilan Turkiyaning Istanbul shahrida bo'lgan ilk Olamshumul Gumanitar Sammit kuni kecha yakunlandi. Lekin Germaniya Bosh Vaziri Angela Merkeldan tashqari Yaponiya va AQSh kabi G-7 o'lka liderlarining ishtirok etmalsigiga diqqat qaratib, "Umidlarimiz puchga chiqdi" deb so'zladi.

Eron, Fors Xabar Agentligi FHA: "Eron bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishni istayiz" deb yozmoqda. Yangi Turkiya Bosh Vaziri Binali Yildirim, Eron bilan tijorat, energiya va turizm kabi turli sohalarda aloqalarni rivojlantirishni istaganliklarini ma'lum qildi. Majlisdagi ma'ruzasida yangi vazirlar kabinetining dasturini ma'lum qilgan Binali Yildirim, Turkiya Eron bilan aloqalarini turli iqtisodiy sohalarda rivojlantirishni istaganini bildirdi. Xabar  Agentligi, bu mavzuning Turkiyaning yangi hukumat dasturida ham ayni shakilda yozilgani bildirildi.

Rossiya Sputnik gazetasi: Gold "Isroil bilan Turkiyaning bir-biriga e'htiyoji bor" deganini yozmoqda. Turkiya bilan holigacha aloqalarni yo'lga solish uchun muzokaralar olib borgan Isroil, Butunjahon Gumanitar Sammitida Tashqi Ishlar Vazirligining yuqori darajali ismi Dore Gold tomonidan vakillik qilindi. Sammit doirasida Istanbul Kongeress Markazida ochilgan ko'rgazma maydonida Isroil stendida savollarga javob qaytargan Gold, asosan Yaqin sharqdagi mavjud vaziyatga qaraganda Turkiya bilan Isroilning bir-briga e'htiyoji bo'lganiga diqqat qaratdi. Isroil va Turkiya o'rtasida ma'lum muddatdan beri davom etgan aloqalarni o'z yo'liga kiritish muzokaralarning qaysi nuqtada bo'lgani haqqida bir savolga Gold quyidagicha javob berdi: "Men bu jarayondan umidvorman. Lekin bu mavzuda mulohaza bildirib ikki tomonga ta'sirli bo'lishni istamayman" dedi.

 

 



Aloqador xabarlar