Xorijiy matbuot sharhlari 11.05.2016

Xorij mediasida nashr qilingan yangiliklar...

488568
Xorijiy matbuot sharhlari 11.05.2016

Rossiyada faoliyat ko’rsatgan Sputnik xabar agentligi: “Tashqi ishlar vazirligidan BMTning Jizre chaqirig’iga tanqid” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Tashqi ishlar vazirligi kotibi Tanju Bilgich BMT Inson huquqlari oliy komissari Zayd Raad Al-Husayinning Turkiya sharqida yuritilgan terrorizmga qarshi kurash operatsiyalari haqida qilgan  mulohazalarini tanqid qildi.

Turkiya terrorizmga qarshi kurash olib borar ekan, qonunga amal qilgan holda, qattiq chora ko’rishga harakat qilganini tilga olgan Bilgich: “10 may kuni BMT Inson huquqlari oliy komissari Zayd Raad Al-Husayin tomonidan mamlakatimizga nisbatan sarf qilingan ifodalar Turkiyani qattiq ranjida qildi. PKK, DAISh va DHKP-J kabi terror tashkilotlarining qonli terrorchilik harakatlariga qarshi kurash olib borgan davlatimiz janubi sharqiy Anadolu mintaqasidagi fuqarolarining tinchligini saqlash va xavfsizligini ta’minlash maqsadida yuritgan operatsiyalarida erkinlik-xavfsizlik muvozanatini saqlash uchun samarali xizmat ko’rsatmoqda va barcha chora-tadbirlar qonunga muvofiq ravishda olinmoqda”,-dedi.

Eronda faoliyat ko’rsatgan IRNA xabar agentligi: “Eron va Turkiya bojxona mavzuida hamkorlik shartnomasini imzoladi” sarlavhasi bilan bergan xabarda ta’kidlanishicha, Eron va Turkiya bojxona idoralari rahbarlari ikki davlat o’rtasida tijoratni qulaylashtirish va o’zaro iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashtirish maqsadida hamkorlik shartnomazi imzoladi.

Eron va Turkiya bojxona rahbarlari Mesut Kerbasian va Chinap Ashchi o’zaro muzokaralar chog’ida, ikki davlat o’rtasida tijoratni qulashlashtirish va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashtirish oldida to’g’anoq bo’lib turgan muammolarni hal qilish yo’llarini izladi.

Tomonlar muzokaralardan so’ng, shartnoma ustida kelishib oldi.

Shartnomaga ko’ra, ikki davlat o’rtasidagi Bazergan-Gurbulag’ chegara punkti 24 soat xizmat beradi, X Ray jihozi yordamida giyohvand moddalar va tovar kontrabandasiga qarshi hamkorlikda kurash olib boriladi.

Eron va Turkiya o’rtasida imzolangan mazkur shartnoma joriy yilning iyun oyida kuchga kiradi.

TurkishNy internet portali: “Los Anjelos filarmoniyasida Turkiyaga atab maxsus kecha” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, dunyo bo’ylab taniqli Los Anjelos filarmoniyasi orkestri xalqaro komiteti Los Anjelos shahrida “A Night of Turkish Delight” nomli tantanali kecha uyushtirdi.

67 yildan beri muntazam ravishda o’tkazilib kelinayotgan kechaga Turkiya 2-marta mezbonlik qildi.

Bir necha oydan beri katta tayyorgarlik ko’rilgan tadbirda 15 nafar turk san’atkor ishtirok etdi.

Turkiyaning Amerikadagi konsuli janob Gulru Gezerning tashrifi bilan boshlangan kechada kompozitor Burak Beshir va fotograf ustasi Mert Turkog’lu tomonidan tayyorlangan video tasvir namoyish qilindi.

Tadbir doirasida, lazzatli turk taomlari, shirinliklari, turk madaniyat va san’ati keng tanitildi. Tantanali kechaga 15 davlatning konsullari va qator diplomatlar tashrif buyurdi.

Qrim xabar agentligi QHA: “Istanbulda Vashiyanka kuni” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Istanbulda ukrain xalqining an’anaviy Vashiyanka kuni munosabati bilan tadbir o’tkaziladi.

“Vashiyanka” – ukrainlarning milliy libosi hisoblanadi.

Ukrainaning Istanbuldagi konsulligidan olingan ma’lumotga ko’ra, Vashiyanka kuni butun dunyoda yashagan ukrainlarni birlashtirgan kun sifatida qabul qilinadi. Bu bayram biron rasmiy yoki diniy bayramga tegishli emas, lekin ma’joziy ma’noda Milliy Birdamlik bayrami hisoblanadi.

Qolaversa, tadbirning o’tkazilishidan maqsad bolalarga, yoshlarga va kattalarga Ukrainaning milliy madaniyatini, urf-odatlarini va ota-bobolaridan ularga meros bo’lib qolgan milliy liboslarini tanitish, yodga olish va bu merosni ko’z-qorashig’idek asrab avaylashdir.

Ma’lum bo’lishicha, ukrainlar Vashiyanka kuni milliy xalq motivlari bilan bezatilgan liboslarini va kiyimlarini kiyib, ishga, maktabga yoki turli kechalarga boradilar.

Ukrainlarning urf-odatlariga ko’ra, qayerda bo’lishidan qat’iy nazar, qanday ish bilan band bo’lishidan qat’iy nazar, Vashiyanka kunida faqatgina “Vashiyanka” libosi kiyiladi.

Vashiyanka kuni Ukrainada va ukrainlar yashagan butun davlatlarda har yili 19 may kuni nishonlanadi.

Bu bayram Istanbulda ushbu yilga xos ravishda 15 may kuni o’tkaziladi.

Tadbir doirasida Ukrainaning Istanbuldagi konsuli Vasil Bodnar matbuot anjumani o’tkazadi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #xabar , #agentlik , #nashr , #sharhlar , #xorij

Aloqador xabarlar