Xorijiy matbuot sharhlari 27.01.2014

Xorijiy matbuotda yoritilgan Turkiya haqidagi xabarlarga keng o’rin beramiz.

198513
Xorijiy matbuot sharhlari 27.01.2014


Amerika Qo’shma Shtatlarida faoliyat ko’rsatgan AP Xabar agentligi “Somalida inshoat loyihalari boshlandi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Somalining poytaxti Mogadishuda Turkiya hukumati boshchiligidagi inshoat loyihalarini hayotga tadbiq etganini yozdi.
Erdog’an Mogadishudagi Xalqaro aeroportda turk firmalar tomonidan qurilgan terminalning ochilishiga qatnashdi.
Somali Prezidenti Hasan Shayh Mahmud xavfsizlik va boshqa barcha qiyinchiliklarga qaramasdan Somaliga investitsiya kiritgani uchun Turkiyani taqdirladi.
Turk Havo Yo’llari Mogadishuga yo’lovchi safarlarini yo’lga qo’ygan dastlabki xalqaro aviakompaniya hisoblanadi. Turk shirkatlari Somalida transport yo’llari, kasalxonalar va aeroport kabi ko’plab inshoat loyihalarini amalga oshirdi.
Turkiyadagi nodavlat tashkilotlari Somalida ham faoliyat ko’rsatmoqda va Somalidagi talabalarni stipendiya bilan ta’minlamoqda.
Eronning Fors Xabar agentligi Pokiston bilan Turkiya o’rtasidagi mudofaa hamkorligiga e’tibor qaratdi.
Turkiya Pokiston bilan mudofaa shartnomasi imzolab, ikki davlat hamkorligida o’q o’tmas texnik vosita ishlab chiqarish zavodini qurish uchun moddiy manba ta’minlashni o’z zimmasiga oldi.
İkki davlat rasmiylari 2014 yili o’q o’tmas texnik vosita ishlab chiqarish bo’yicha tuzilgan shartnoma mana shunday qilib hayotga tadbiq etilganini bildirdi.
Turkiya Pokiston jangovar texnikalari va asosan F-16 hujum samolyotlarining ehtiyotkor qismlarini ta’minlash bo’yicha katta ro’l o’ynaydi.
Pokiston mudofaa mutahassislarining fikricha, ko’plab davlatlar bilan tuzilgan harbiy hamkorlikning eng muhimi Rossiya, Xitoy va Turkiya bilan imzolangan shartnomalardir.
AFP Xabar agentligi “Terrorizmga qarshi mushtarak jabha” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an İstanbulda o’tkazilgan İslom hamkorlik tashkiloti yig’ilishida “Balki tilimiz boshqa, balki boshqa mamlakat insonimiz. Etnik kelib chiqishimiz farqli. Lekin terrorizm va irqchilik oldida ushbu o’zgachaliklarni bir chetga surishimiz kerak”-deya ta’kidlaganini yozdi.
Afg’onistonda faoliyat ko’rsatgan Jumhur News xabar agentligi, Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’luning Turkiyaning Suriya bilan bo’lgan chegaralari butunlay yopilmasligini tilga olganini yozdi.
Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu terror tashkiloti DEAShning o’z safini yanada kengaytirishiga yo’l qo’ymaslik uchun Suriya bilan Turkiya o’rtasidagi chegaralarni yopish mumkin emasligini bildirdi.
Angliya Bosh vaziri David Cameron bilan Suriya, İroq va terror tashkiloti DEASh masalasi bo’yicha 2 oy ichida 4 marta uchrashgan Davutog’lu, “Biz chegarani yopishimiz mumkin, lekin qochqinlarni kim qutqaradi”-dedi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar