Xorijiy matbuot sharhlari 07.01.2014

O’tgan hafta Turkiyada yuz bergan o’zgarishlar bilan bog’liq xorij matbuotida chop etilgan xabarlarga o’rin beramiz.

175091
 Xorijiy matbuot sharhlari 07.01.2014


Eronda faoliyat ko’rsatgan Fors xabar agentligi “Qirg’izistondan energiya bo’yicha tashabbus” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, poytaxt Bishkekda bo’lib o’tgan Turk-Qirg’iz hukumatlararo qo’shma iqtisodiy komissiyasining navbatdagi yig’ilishida turk firmalar Qirg’izistonning energiya loyihalari bo’yicha investitsiya kiritishga katta e’tibor ko’rsatdi.
Ma’lumotlarga ko’ra, Turkiyaning xalqaro neft shirkati TPİC Qirg’izistonning Energiya va sano’at vazirligi bilan xususiy va davlat shirkatlariga neft mahsulotlari bo’yicha yo’l ko’rsatadi.
Turk-Qirg’iz hukumatlararo qo’shma iqtisodiy komissiyasining navbatdagi yig’ilishida elektr-energiyasini ishlab chiqarish bo’yicha ikki davlat o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
Qirg’iziston Prezidenti Almazbek AtambayevTurkiya Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush bilan bo’lgan uchrashuvida Turkiya bilan Qirg’iziston aloqalari tobora rivojlanib borayotganini tilga oldi.
Bo’lib o’tgan uchrashuvda, Atambayev bilan Kurtulmush Qirg’iziston bilan Turkiya o’rtasidagi munosabatlarning ravnaq topishi va mustahkamlanishi yo’lida ushbu hukumatlararo komissiya muhim ro’l o’ynashini qayd etdilar.
Birlashgan Arab Amirliklarida nashr qilingan El-Arabiya gazetasi qahraton sovuq tufayli boshqa davlatlardagi lagerlarda jon saqlagan Suriyalik qochqinlarning ahvolidan havotirda ekanini yozdi.
Turkiyada esa, qochqinlar bilan sug’ullangan rasmiy tashkilotlar tomonidan Suriyalik qochqinlarga qishki kiyim tarqatilganini aytish mumkin.
Zero, Suriyalik qochqinlar uchun ajratilgan ba’zi turar-joy hududlarida isitgichlar ta’minlangan.
Aytib o’tish joizki, Turkiyadagi lagerlarda yashagan Suriyalik qochqinlar İordaniya va Livanda yashagan qochqinlardan juda yaxshi sharoitlarda kun kechirmoqdalar.
İRNA xabar agentligi, Quddusning musulmonlarga tegishli ekanini va shunday bo’lib qolishini aytib o’tgan Din ishlari boshqarmasi rahbari Mehmet Go’rmez, “Davlatlarga ajratilgan haj ziyorati o’rinlari islom davlatlari hamjihatligida belgilanishi kerak”-deya ta’kidlaganini yozdi.
Haj va umra ziyoratlarini a’do etish uchun hojilardan ikki yildan beri muntazam ravishda fikr olinganiga e’tibor qaratgan Go’rmez, “Haj ziyorati hech bir millatning milliy masalasi emas. Haj ibodati xalqaro ahamiyatga ega. Haj ibodati butun dunyo musulmonlarining masalasidir va bu muqaddas dargohlarga mezbonlik qilgan qardoshlarimiz bilan ochiqcha muhokama qilishimiz kerak”-dedi.
Saudiya Arabistonda faoliyat ko’rsatgan Makkah televideniyesi, İsroilning G’azoga qilgan hujumlari oqibatida nobud bo’lgan 4 yoshdagi Falastinlik Semih Juneydning janozasiga opasi Esnam Juneydning so’ngi marta nigoh tashlagani aks etgan fotosurat Anadolu xabar agentligi tomonidan berilgan “2014 yilning fotosurati” mukofotiga loyiq deb topildi.
Falastinlik bolaning oilasi bundan baxtiyor ekanini tilga oldi.
Anadolu xabar agentligi tomonidan 3 yil oldin yo’lga qo’yilgan “Yilning fotosurati” tanloviga bu yil 30 ming nomzod qatnashdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar