Xorijiy matbuot sharhlari 29.10.2014

Fransiyaning AFP xabar agentligi Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Amerikaning qamalda bo’lgan Kobanini mudofaa qilgan kurd guruhlarga havodan qurol tashlash fikri noto’g’ri ekanini tilga olganini yozdi.

173604
Xorijiy matbuot sharhlari 29.10.2014



Fransiyaning AFP xabar agentligi “Havodan qurol yordami noto’g’ri” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Amerikaning qamalda bo’lgan Kobanini mudofaa qilgan kurd guruhlarga havodan qurol tashlash fikri noto’g’ri ekanini tilga olganini yozdi.
“To’g’ri fikr emasligi bugun ma’lum bo’ldi” deya ta’kidlagan Prezident Erdog’an, bu qurollar PYD bilan İSHİD terror tashkilotining qo’liga tushganini ifoda etdi.
Matbuotga izoh bildirgan Prezident Erdog’an, “PYDga berilgan har qanday yordam PKKga foyda keltiradi. Biz Turkiya sifatida bunga qarshi kurashishga majburmiz”-dedi.
Chili-La Tercera gazetasi, “Mustaqil Suriya qo’shini Kobaniga jangchi jo’natadi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Beshar Asad rejimiga qarshi jang qilgan Mustaqil Suriya qo’shini Kobaniga tahminan 1300 jangchi jo’natishini yozdi.
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Estoniya safari chog’ida, “Tashkilotimiz o’tish yo’lini belgilashga harakat qilyabdi. Avval aytib o’tganimizdek, Mustaqil Suriya qo’shinining biz tomondan o’tish masalasi bo’yicha hech qanday muammo yo’q”-dedi.
Turkiya İchki ishlar vaziri Efkan Ala ham, “Turkiyaning milliy manfaati uchun zarur faoliyatlarni yo’lga qo’ymoqdamiz”-dedi.
Rossiyaning Ria Novosti gazetasi, “Turkiya bilan Rossiya o’rtasida tijorat hajmi ortmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiyaning Moskvadagi elchisi Umid Yardim, “Rossiya segodniya” xabar agentligiga bergan bayonotida, turk vakillarning Rossiya bilan Turkiya o’rtasidagi o’zaro tijorat hajmini 100 million dollarga chiqarish maqsadiga erishishidan amin ekanini yozdi.
Yardim, “Tijorat hajmini 100 milliard dollarga chiqarish maqsad qilinmoqda. İkki tomon ham bu maqsadga erishishni istaydi. Oz vaqt ichida 2 milliarddan 32 milliard dollargacha chiqdik. Bu raqam ikki davlatning imkoniyatlari bilan aloqali. İkki davlat vakillari bu maqsadga erishish mumkinligiga ishonadi”-dedi.
Angliyaning Reuters xabar agentligi “Lockheed Martin- Roketsan roketa shartnomasi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, shirkatlardan qilingan izohga ko’ra, Lockheed Martin bilan Turk roketa ishlab chiqaruvchi firmasi Roketsan F-35 jangovar samolyot uchun SOM-J roketasini ishlab chiqarish va sotish bo’yicha shartnoma imzoladi.
Mazkur shartnoma poytaxt Ankarada imzolandi.
Turkiya Mudofaa sano’ati maslahatchisi İsmail Demir, “Mushtarak jangovar samolyot loyihasi ichida “SOM-J”ning kuchiga ega bo’lgan boshqa roketa yo’q. Menimcha SOM-J Amerika va boshqa davlatlar uchun muhim fursat bo’ladi”-dedi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar