Xorijiy matbuot sharhlari 15.10.2014

Associated Press xabar agentligi, Turkiya bilan Amerika o’rtasida yangi shartnoma tuzilmaganini yozdi.

157104
Xorijiy matbuot sharhlari 15.10.2014



O’tgan hafta xorij matbuotida bosilgan Turkiya haqidagi xabarlarga o’rin beramiz.
Amerikada faoliyat ko’rsatgan Associated Press xabar agentligi, Turkiya bilan Amerika o’rtasida yangi shartnoma tuzilmaganini yozdi.
Turkiya hukumati, muhim havo harbiy bazasining İSHİD terror tashkilotiga qarshi harbiy amaliyotlarda foydalanish uchun shartnoma tuzilganiga doir Amerikadan kelgan xabarlarni inkor etdi.
Ya’ni, NATO ittifoqdoshi Turkiya bilan Amerika dushanba kuni harbiy bazadan foydalanish bo’yicha qanday yo’l tutishiga doir kelisha olmadi.
Amerikalik vakillar dushanba kuni takror Turkiya İnjirlik havo harbiy bazasidan foydalanish uchun Amerika va koalitsiya kuchlariga ruxsat berishini ma’lum qildi.
Tegishli vakillar bunga doir masalaning tafsilotlari hamon muhokama qilinayotganini aytmoqda.
Lekin dushanba kuni vazirlar kengashi yig’ilishidan so’ng, bu haqda ma’lumot bergan Bosh vazir o’rinbosari Bulent Arinch, terrorizmga qarshi kurashda yo’lga qo’yilgan hamkorlikdan tashqari, İnjirlik Havo harbiy bazasiga doir yangi o’zgarish yo’qligini bildirdi.
Bosh vazir o’rinbosari Bulent Arinch, Turkiya Suriya va İroqda İSHİD terror tashkilotiga qarshi jang qilgan muholif kuchlarni qo’llab quvvatlash maqsadida ba’zi harbiy bazalaridan foydalanishini taklif qilganini, lekin tomonlar bunga doir kelisha olmaganini tilga oldi.
Eron İRNA xabar agentligi, “Boshqalarining ro’lini zimmamizga olmaymiz” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’luning quyidagi so’zlariga o’rin berdi: “İSHİD terror tashkilotiga qarshi kurashda 3 moddadan boshqa yo’l yo’q: 1-Xalqaro quruqlik kuchi, 2-Havodan bombardimon qilish, 3-Xalqaro havo kuchining qo’llab quvvatlovi bilan Suriyalik muholiflarni kuchlantirish”-deya ta’kidlaganini yozdi.
Davutog’lu, “4-modda esa, Turkiya masalani hal qilishga doir fikrlarini o’rtaga tashlaydi va boshqa davlatlar ham o’z fikrlarini tilga oladi. Bu shaklda masalani hal qilish uchun keng ko’lamli strategiya ustida hamkorlikda harakat qilib uni amalga oshiramiz. Turkiyaning istagi bu”-dedi.
Fransiyaning AFP xabar agentligi, “Parij yangi muzokara moddasini muhokama qilishga tayyor” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Fransiya Tashqi ishlar vaziri Laurent Fabius Fransiya Turkiyaning Yevropa İttifoqiga a’zolik murojaati bo’yicha 2 ta yangi moddani muhokamaga qo’yishga tayyor ekanini tilga olganini yozdi.
Fabius Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu bilan uchrashgach, “Muzokaralar adolatli va yaxshi niyat bilan yuritilishi kerak”-dedi.
Fabius: “Fransiya ishni tezlatishni istaydi. 2013 yilning noyabr oyida yangi 22 moddani muzokara qilishni uddaladik. Shuni aytmoqchimanki, Fransiya muzokarada yangi moddalarni muhokama qilishga tayyor. Asosan 22 va 24 moddalarni muzokara qilishga tayyor”-dedi.
Mevlut Chavushog’lu esa, “Turkiya muzokaralardagi barcha moddalarni muhokama qilishga tayyor. Fransiya hech bir moddaning muhokama qilinishiga e’tiroz bildirmasligini rasmiy ravishda e’lon qilsa juda yaxshi bo’lardi, bu ijobiy o’zgarish bo’lardi. Biz buni xohlaymiz”-dedi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar