Xorijiy matbuot sharhlari 10.09.2014

O’tgan hafta xorij matbuotida chop etilgan Turkiya haqidagi xabarlarga keng o’rin beramiz.

120336
Xorijiy matbuot sharhlari 10.09.2014



Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anning dastlabki chet el safarini Ozarbayjonning poytaxti Bakuga amalga oshirgani Ozarbayjon matbuotida keng yoritildi.
Yeni musavat gazetasi, “Erdog’an Baku ziyoratida muhim so’zlarni tilga oldi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Erdog’an va Aliyev o’rtasidagi mushtarak matbuot anjumanining to’liq matniga va fotosuratlariga o’rin berildi.
Kundalik Telegraf gazetasida, “Dastlabki ziyorat yana Bakuga” sarlavhasi bilan berilgan xabarda, yillab davom etgan an’anaga ko’ra, Erdog’an Prezident sifatida dastlabki rasmiy ziyoratini Bakuga amalga oshirganini yozdi.
Gazeta, 1915 yil voqealariga doir arman iddaolarini bartaraf etish uchun Turkiya va Ozarbayjon hamkorlikda harakat qilishini yozdi.
Xabarni “Hamjihatligimiz butun dunyoda tan olingan” sarlavhasi bilan yoritgan Ekspres gazetasi, Aliyevning “Turkiya qanchalik kuchli bo’lsa biz ham o’zimizni shunchalik kuchli his qilamiz”-degan so’zlarini bosh sahifada chop etdi.
Shark gazetasi, “Prezidentlar uchrashdi va Bakudan turib hitob qildi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Aliyev bilan Erdog’an Yuqori Qorabog’ masalasi, so’zda arman iddaolari va Turkiya bilan Ozarbayjon o’rtasidagi siyosiy va iqtisodiy munosabatlar borasida muhim ifodalarni tilga olganligi qayd etildi.
Erdog’anning “Qardoshligimiz yanada mustahkamlanadi” –degan so’zlarini bosh sahifada yoritgan 525-gazeta, xabar tafsilotlarida ikki davlat rahbarining matbuot anjumanida tilga olgan so’zlariga o’rin berdi.
İkki sahifasini Erdog’anning Baku ziyoratiga ajratgan Xalq va Yangi Ozarbayjon gazetalari, ziyoratning tafsilotlarini fotosuratlar bilan yoritishga harakat qildi.
Parallel gazetasi, “TANAP loyihasi Ozarbayjon bilan Turkiyaning asaridir” sarlavhasi bilan bergan xabarda, İlhom Aliyev bilan Erdog’anning Yuqori Qorabog’ masalasi, arman iddaolari va Ozarbayjon bilan Turkiyaning iqtisodiyot va energiya sohasidagi hamkorligiga doir so’zlariga o’rin berdi.
Turkiya Oliy majlisida 62-hukumatga ishonch ovozi berildi. Hukumat 306 qabul bilan ishonch ovozi to’pladi.
Bu marosimdan so’ng Bosh vazir Ahmet Davutog’lu Umumiy kengashda nutq so’zladi.
İspaniyada nashr qilingan La Vanguardia gazetasi, Davutog’luning so’zlagan nutqida, “Bu qo’llab quvvatlov natijasida kecha-yu kunduz g’ayrat ko’rsatishga majlisimiz va xalqimiz oldida so’z beramiz”-deya ta’kidlaganini yozdi.
Davutog’lu 2023 yili Turkiya dunyoning eng katta 10 iqtisodiyotidan biriga aylanishini va Yevropa İttifoqiga a’zo bo’lish niyatini takrorladi.
Rossiyada nashr qilingan Vedomosti gazetasi esa, Ahmet Davutog’luning hukumat ishonch ovozi olgandan so’ng shahsiy twitter hisobidan yozgan quyidagi so’zlariga o’rin berdi;
“Turkiyadagi yangi hukumatning asosiy maqsadi nafaqat mamlakatimiz uchun balki, butun mintaqa uchun yana ham farovon kelajak barpo etishdir”-degan so’zlariga o’rin berdi.
Amerika Mudofaa vaziri Chuck Hagel kuni kecha Ankarada rasmiy uchrashuvlarni amalga oshirdi.
Reuters xabar agentligi “Hagel turk yetakchilar bilan uchrashdi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Hagel Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an va boshqa yetakchilar bilan uchrashgach, “Bugungi muzokaralar, İSHİDni yo’q qilish maqsadidagi bu tashabbusga hissa qo’shishda Turkiyaning qat’iyligini oshkora qayd etdi”-deya ta’kidlaganini qayd etdi.
Hagel Turkiyaning kelgusidagi ishtiroki haqida “B’azi mavzularga o’z hissasini qo’shmoqchi. Bunga doir qaror berilganda turk hukumati izohlaydi”-dedi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar