Xalqaro turk tili qurultoyi ishtirokchisi professor Juliboy Eltazarov...

Ankarada Xalqaro turk tili qurultoyi o’tkazilmoqda.

13-16 noyabr kunlari bo’lib o’tadigan qurultoyga ko’plab xorij mamlakatlardan tilshunos olimlar va akademiklar ishtirok etmoqda.

Jumladan, O’zbekistondan ham 15dan ziyod tilshunos mutahassislar o’z ma’ruzalari bilan qatnashmoqdalar.

O'zbekistondan qurultoyga tashrif buyurgan professor Juliboy Eltazarov “Alifbo almashtirish fenomenining ildizi qayerga borib taqaladi” nomli ma'ruzasi bilan ishtirok etmoqda.