Filippin vulqon otilishidan keyin kul bilan qoplandi

 

Filippinning bir qancha shaharlari vulqon otilishidan keyin kul bulutlari bilan qoplandi.

Taxminan 20 daqiqa davom etgan Bulusan vulqonining otilishidan keyin Filippin sharqidagi ko‘plab shaharlar kul bilan qoplangan. Ushbu shaharlarning aksariyati o'tgan haftada sodir bo'lgan vulqon otilishi oqibatlari bilan kurashmoqda. Qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan. Favqulodda vaziyatlar brigadalari haydovchilarni ko‘chalarni tozalash vaqtida ko‘rishning yomonligi sababli tezlikni pasaytirish haqida ogohlantirgan.


Tanlangan kalimalar: Filippin