Braziliyada sel falokati qurbonlari soni 170 nafardan oshdi

 

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtatining tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan ko‘chki va suv toshqinlari qurbonlari soni 171 nafarga yetdi. Ulardan 27 nafari voyaga yetmaganlar. Qidiruv ishlariga 500 nafar qutqaruvchi, 200 nafar politsiyachi, shuningdek, harbiylar va ko‘ngillilar jalb qilingan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: Braziliya , sel