Turkiya Malayziya dengiz floti uchun 3 ta korvet quradi

STM tomonidan ishlab chiqariladigan korvetlar 50 ga yaqin mahalliy kompaniyalar, xususan, Aselsan, Havelsan va Roketsan tizimlari bilan jihozlanadi.

2151366
Turkiya Malayziya dengiz floti uchun 3 ta korvet quradi

 

Turkiya Malayziya Qirollik dengiz floti uchun 3 ta korvet quradi.

Mahalliy mudofaa sanoati kompaniyasi STM tomonidan quriladigan korvetlar milliy qurollar bilan jihozlanadi.

Korvetlarda Aselsan, Havelsan va Roketsan mahsulotlari namoyish etiladi.

STM Mudofaa Texnologiyalari Muhandislik va Savdo Aksiyadorlik Jamiyati tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Mudofaa sanoati agentligi raisligida "Littoral Mission Ship Batch-2" loyihasi munosabati bilan marosim bo'lib o'tdi.

Marosimda so’zga chiqqan Mudofaa sanoati agentligi rahbari Haluk Go’rg’un bu loyiha ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikning faqat boshlanishi ekanligini aytdi.
Malayziya Mudofaa vaziri Mohamed Khaled Nordin ham Turkiyaning bugungi kunda murakkab harbiy kuch, mukammal mudofaa texnologiyalariga ega ekanligi va G‘arbiy Osiyodagi eng ilg‘or harbiy ishlab chiqarish davlatlaridan biri ekanligini ta’kidladi.

STM tomonidan ishlab chiqariladigan korvetlar 50 ga yaqin mahalliy kompaniyalar, xususan, Aselsan, Havelsan va Roketsan tizimlari bilan jihozlanadi.

Zamonaviy qurol tizimlari, sensorlar va qo'mondonlik boshqaruv tizimiga ega bo'lgan "Malaysian Corvettes", Malayziya dengiz flotiga keng ko'lamli missiyalarda xizmat qiladi.

Vertolyot qo'nish platformasiga ham ega bo'ladigan kemalar 3 yarim yil ichida tamomlanadi.


Tanlangan kalimalar: #Malayziya , #Turkiya

Aloqador xabarlar