Erdo’g’an Anqarada Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi

Uchrashuvda Isroil-Falastin mojarolari, ishg’oldan ozod qilingan Ozarbayjon tuproqlarida olib borilayotgan qurilish ishlari, mintaqaviy va global muammolar muhokama qilindi.

2151329
Erdo’g’an Anqarada Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo’g’an Anqarada Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Isroil-Falastin mojarolari, ishg’oldan ozod qilingan Ozarbayjon tuproqlarida olib borilayotgan qurilish ishlari, mintaqaviy va global muammolar muhokama qilindi.

Prezident Erdo'g’an Turkiyaning Qorabog’dagi Rossiya Tinchlik kuchlarining hududdan chiqib ketishi bilan bog’liq jarayonni kuzatib borayotganini, Armaniston ishg’olidan ozod qilingan Ozarbayjon hududlarida olib borilayotgan qurilish faoliyatlarini yaqindan kuzatib borayotganini aytdi.

Isroilning Falastin yerlarida, ayniqsa G’azoda genotsid amaliyotlari davom etayotganligini va Isroilning bu jinoyatlari bilan nafaqat mintaqaviy xavfsizlik, balki global xavfsizlikni ham xavf ostiga qo’yganini ta’kidlagan Erdo'g’an, doimiy yechim poytaxti Sharqiy Quddus bo’lgan Falastin davlatini barpo etish ekanligini ta’kidladi.

Ozarbayjon Milliy Assambleyasida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (KKTC) bilan Parlamentlararo Doʻstlik Guruhi tashkil etish qarori quvonarli ekanini taʼkidlagan Prezident Erdo'gʻan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatarning iyul oyida Shushada bo'lib o'tadigan Turkiy Davlatlar Tashkiloti sammitiga taklif qilinishining Kipr masalasini mustahkamlaganini qayd etdi.

Ozarbayjonda bo'lib o'tadigan Iqlim sammitiga taklif qilgani uchun Ilhom Aliyevga minnatdorlik bildirgan Erdo'g'an, sammitga tayyorgarlik jarayonida Turkiya har tomonlama yordam berishini aytdi.

Sammit doirasida Erdo'g'anning turmush o'rtog'i Emine Erdo'g'an homiyligida amalga oshirilgan "Nol chiqindi loyihasi" doirasida muhim tadbirlar o'tkazilishi qayd etildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Ilhom Aliyev , #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar