Hakan Fidan Moskvada mesxeti turklari bilan uchrashdi

Hakan Fidan, Rossiyaga 2 kunlik tashrif uyushtirdi.

2151055
Hakan Fidan Moskvada mesxeti turklari bilan uchrashdi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Rossiyaga tashrif uyushtirdi.

Hakan Fidan Rossiya poytaxti Moskvada eng avvalo ahiska turklari vakillari bilan uchrashdi.

Hakan Fidan 2 kunlik tashrifi doirasida rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov va rus rasmiylari bilan uchrashadi. Haftaning seshanba kuni, ya’ni, 11 - iyun kuni esa BRICS + sessiyasida ishtirok etadi.

Unda mintaqaviy va xalqaro kun tartibi, ayniqsa G‘azodagi oxirgi vaziyatlar, Ukraina, Suriya, Liviya va Janubiy Kavkaz masalalari qo‘lga olinadi.

Hakan Fidan, Turkiya joylashgan mintaqada davom etayotgan urush eng qisqa vaqt ichida tinch yo‘l bilan tugashini kutganliklari va buning uchun Turkiya qo‘lidan kelganini bajarishga tayyor ekanini takror ta’kidlaydi.

BRICS, 2006 - yilning iyun oyida Rossiyaning Sankt - Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy hamkorligida tashkil etildi. Ko‘p o‘tmay, ya’ni, 2010 -  yili Janubiy Afrika; 2024 – yili esa Misr, Efiopiya, Eron va Birlashgan Arab Amirliklarining ham ishtirokida ko‘p millatli tuzilmaga aylandi.

Yana 30 ta davlatni oʻz tarkibiga olishga tayyor boʻlgan BRICS, global iqtisodiyotda muhim oʻringa ega. Eng muhimi jahon tartibida muqobil ittifoq boʻlish yoʻlida bormoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Hakan Fidan , #ahiska turklar , #Moskva

Aloqador xabarlar