Hakan Fidan:"Falastinni tan olishni kechiktirish muammoni hal qilmaydi"

Hakan Fidan, Falastin bo'yicha uchrashuvlari doirasida Belgiyaning poytaxti Bryusselda bo'lib o'tgan "Xalqaro hamkorlar yig'ilishida"  “Ikki davlat yechimini amalga oshirish, jumladan, Falastinni tan olish” yig’ilishida  bayonotlar berdi.

2144497
Hakan Fidan:"Falastinni tan olishni kechiktirish muammoni hal qilmaydi"

 

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Falastinni tan olishni kechiktirish muammoni hal qilmasligini, Isroilga ko'proq vaqt berishini  aytdi.

Hakan Fidan, Falastin bo'yicha uchrashuvlari doirasida Belgiyaning poytaxti Bryusselda bo'lib o'tgan "Xalqaro hamkorlar yig'ilishida"  “Ikki davlat yechimini amalga oshirish, jumladan, Falastinni tan olish” yig’ilishida  bayonotlar berdi.

Isroilning Benyamin Netanyaxuning fundamentalist hukumati ostidagi falastinliklarni har qanday holatda ham yo'q qilishga  qaror qilganini ta'kidlagan Fidan, bu vahshiy vayronagarchilik rejasining G'azodan G'arbiy Sohil va Sharqiy Quddusgacha oldinga siljiganini  bildirdi.

Fidan, bularning barchasini yengish uchun Falastinning to'laqonli davlat sifatida faoliyat yuritishiga ruxsat berilishi kerakligi haqida gapirdi.

Uning ta'kidlashicha, Falastin o'z tizimini boshqarish uchun o'z institutlariga ega bo'lishi kerak.

Hakan Fidan, yana ko'p davlatning Falastin davlatini tan olishi uchun sa'y-harakatlarni kuchaytirish kerakligiga e'tibor qaratdi va buni kechiktirish muammoni hal qilmasligini va faqat Isroilga ko'proq vaqt hosil qiladi deya ta'kidladi.

Shu bilan birga, Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, uchrashuvlar oldidan Ispaniya tashqi ishlar, Yevropa Ittifoqi va hamkorlik vaziri Jose Manuel Albares bilan  ham uchrashdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Tan olish , #Falastin , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar