Turkiya moliya vaziri Qatar Iqtisodiy Forumida ishtirok etadi

Turkiya G'aznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek Qatar poytaxti Dohaga tashrif buyurdi.

2139775
Turkiya moliya vaziri Qatar Iqtisodiy Forumida ishtirok etadi

 

Turkiya G'aznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek Qatar poytaxti Dohaga tashrif buyurdi.

Mehmet Shimshek tashrif doirasida Dohada o'tkaziladigan Qatar Iqtisodiy Forumida ishtirok etadi.

U shuningdek, Forum doirasida o'tkaziladigan “Raqobatbardosh iqtisodlarni yaratish” deb nomlangan sessiyada ma'ruza qiladi, investorlar yig’ilishida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, forumda ishtirok etayotgan davlatlarning moliya vazirlari bilan o'zaro uchrashuvlar amalga oshirilishi rejalangan.

Eslatma: Turkiya G'aznachilik va moliya vaziri kecha Belgiyaga tashrif buyurib, "Turkiya: Yevropa ekotizimida taraqqiyot" deb nomlangan anjumanda ishtirok etgandi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Mehmet Shimshek , #Qatar , #Turkiya

Aloqador xabarlar