TIKA Afg‘onistondagi universitetni toza ichimlik suvi bilan ta'minladi

Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKA Afg‘onistonning shimoli-g‘arbida joylashgan Badgis davlat universitetiga chuchuk suv ta’minoti uchun suvni qayta tozalash tizimini yetkazib berdi.

2139280

Bu haqda TIKAning Hirotdagi vakolatxonasi ma'lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, Badgis davlat universitetida 1200 nafar talaba tahsil oladi. U yerda toza ichimlik suviga ehtiyoj bor. Hududning suvi sho'r. Shu sababli universitet tarkibida toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun 3 ta qurilmadan iborat sanoat tipidagi suv tozalash tizimi tashkil etilgan bo‘lib, u soatiga 3 ming litr suv beradi.

TIKAning Hirotdagi vakolatxonasi rahbari Arafat Deniz ma'lum qilishicha, loyihaning amalga oshirilishidan maqsad Afg‘onistonda aholining ichimlik suvi muammosini bartaraf etishga hissa qo'shishdir. Shu sababli ular hayotiy va asosiy ehtiyojlarga qaratilgan loyihalarga e’tibor qaratishlarini bildirdi.

Universitet avvallari toza ichimlik suvini tashqaridan sotib olishgan. Tuzdan tozalangan suv qishloq xo'jaligi fakultetining amaliy qishloq xo'jaligi o'quv masg'ulotlarida ham qo'llaniladi.

Marosimda qatnashgan Badgis universiteti rahbariyati, akademiklar va talabalar yordam uchun TIKA va Turkiyaga minnatdorchilik bildirdilar.

Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #TIKA

Aloqador xabarlar